So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  4 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

SHuhrat Maqsudov: "Bunyodkor" muxlislarga chiroyli o'yin va g'alaba taqdim qilishni istaydi" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Bunyodkor" muxlislarga chiroyli o'yin va g'alaba taqdim qilishni istaydi"

Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalo AGMK jamoasi murabbiyi Xayrulla Karimovning otalari olamdan o'tgani bois o'z taziyamni bildiraman. Joylari jannatdan bo'lsin. "Bunyodkor" ayollar jamoasi kuni kecha Iordaniyaga yo'l olishdi. Ularga chin dildin omad tilayman. Ilohim, g'alaba bilan ortga qaytishsin. SHu qatori "Nasaf" jamoasiga ham omad tilayman. To'g'ri, Superligada raqib, lekin OFK kubogida butun O'zbekiston nomidan ketishgan. Bevosita o'yinga keladigan bo'lsak, har doimgidek, shiddatdli o'yin guvohiga aylandik. O'ylaymanki, g'alabaga loyiq edik. "Qizilqum"ga navbatdagi bahslarda zafarlar tilab qolaman", – deydi SHuhrat Maqsudov. 

- "Bunyodkor" bu mavsum Toshkentdagi o'yinlarda mag'lubiyatga uchragani yo'q. Navbatdagi ikki o'yinda g'alaba qozona olsa, uyda mag'lubiyatga uchramasdan, mavsumni tugatishi mumkin. SHu haqda fikringiz qanday?

- Oldindan biror narsa deya olmayman. "Bunyodkor" jamoasi muxlislarga chiroyli o'yin va g'alaba taqdim qilishni istaydi. Yana bir bor futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Hech narsaga qaramay, oxirigacha kurashganliklari uchun rahmat aytaman.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика