So’nggi yangiliklar

15:42ЖЧдаги рақибимиз Колумбия Франция билан ўртоқлик ўйини ўтказади  1 14:43"Ал Иттиҳод" ва "Ал Ҳилол" Салоҳ трансфери учун 80-100 млн евро тўлаши мумкин  1 13:33"Челси" Дисасини "Лион"га ижарага бериши мумкин. Ҳимоячи бу мавсумда ҳали ўйнамади  0 12:39"Реал" Рюдигер билан музокара ўтказади  0 12:00TVCOM'да бугунги ўйинлар: А Серияда топ баҳс, “Реал” ва бошқалар  1 11:31"Челси" Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  1 11:05"Насаф" футболчиси "Қўқон-1912" жамоасининг тўлақонли аъзосига айланди  5 10:43Sofascore. Алиқулов кечаги учрашувда энг паст баҳони олди  3 10:20Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Нефтчи" билан шартномани узайтирди  2 09:52Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда  46 09:18"Насаф" "Қўқон-1912" футболчисини сотиб олди  0 08:44Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги ажойиб ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:18Самвел Бабаянга Андижон вилояти ҳокими томонидан минимум вазифаси қўйилди  12 07:43Салoҳ "Ливерпул"ни қишда тарк этадими?  6 03:05“Интер Майами” илк бор МЛС кубогини қўлга киритди. Лео финала 2 та ассист ижро этди  24

24 yoshli darvozabon, amaldagi chempionni yutgan murabbiy, termaga chaqirilmaydigan vinger, turni bezab beruvchi golni urgan xavbek - Superligada 28-turning eng yaxshilari Yangiliklar

24 yoshli darvozabon, amaldagi chempionni yutgan murabbiy, termaga chaqirilmaydigan vinger, turni bezab beruvchi golni urgan xavbek - Superligada 28-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 28-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 28-turning eng yaxshi darvozaboni – Azizxon Isaqov ("Qo'qon-1912")

"Qo'qon-1912" bu turda "Paxtakor" bilan murosa ko'chasini tanladi (0:0). Ushbu natija qo'lga kiritilishida qo'qonliklar posboni Azizxon Isaqovning o'rni beqiyos. "Paxtakor" futbolchilari uchrashuv mobaynida bir qator zarbalarni yo'lladi, ammo Isaqov darvozasidan to'p olib chiqmadi va sheriklarini sergaklikka chaqirib turdi. U ikki holatda esda qolarli seyv namoyish qildi. Shunday qilib, Isaqov Championat.asia vakillari tomonidan turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.


Championat.asia sayti talqinida 28-turning eng yaxshi murabbiyi – Otabek Narzullaev ("Mashal")

Turning haqiqiy sensaciyasi Qarshida ro'y berdi. "Mashal" mehmonda "Nasaf"ni mag'lub etdi (2:1). Uchrashuv asosan qarshiliklar ustunligida kechgan bo'lsa-da, muboraklilkar bosh murabbiyi Otabek Narzullaevning rejasi yakunda ish berdi. Uning amalga oshirgan o'zgarishlari ortidan "Mashal" ikkinchi bo'limda ham gol urishning uddasidan chiqdi va bu gol aynan g'alaba keltirdi. Shu tariqa, "Mashal" ustozi Otabek Narzullaev tur murabbiyi sifatida etirof etildi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 28-turning eng yaxshi futbolchisi – Xurshid G'iyosov (OKMK)

OKMK bu turda "Navbahor"ni mehmon qilib, ishonchli hisobda g'alabaga erishdi (3:1). Uchrashuvda olmaliqliklar vingeri Xurshid G'iyosov katta sahnaga chiqdi. U gollarning barchasida bevosita ishtirok etdi. Birinchi gol aynan uning yorib kirishidan so'ng urilgan bo'lsa, ikkinchi golda u hujumni keskin tusga olib kirgandi. Shuningdek, kiritilgan uchinchi to'pda ham G'iyosov Abdurazzoqovni qulay pas bilan taminladi. Shunday qilib, terma jamoadan hech ham chaqiruv olmaydigan OKMK vingeri 28-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Championat.asia sayti talqinida 28-turning eng chiroyli goli muallifi – Jasur Jaloliddinov ("So'g'diyona")

"So'g'diyona" yakuniga etgan turda "Xorazm" bilan bahs yuritib, 2:0 hisobida zafar quchdi. "So'g'diyona"ning ikkinchi goli 90+3-daqiqada jizzaxliklar yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov tomonidan urildi, urilganda ham juda chiroyli tarzda urildi deb bemalol aytolamiz. Jaloliddinovning zarbasi deyarli 16 metr masofadan oyoqning tashqi tomoni orqali yo'llandi va to'p traektoriyasi biroz o'zgarishi oqibatida uni qaytarishga xorazmliklar darvozaboni shunchaki ojiz qoldi. Shu tariqa, Championat.asia xodimlari mazkur golni turni bezab bergan gol sifatida qayd etdi.


Reyting: +3   

Fikrlar

   
11 noy 16:32:41
Андижан
Энг омадсиз дарвозабон эржан токотаев андижон
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика