So’nggi yangiliklar

19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  1 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  12 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  19 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  34 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7

SHu paytgacha Osiyoda yilning eng yaxshisi deb topilgan barcha futbolchilarni bilasizmi? Yangiliklar

SHu paytgacha Osiyoda yilning eng yaxshisi deb topilgan barcha futbolchilarni bilasizmi?

Malumki, bugun Tailand poyxati Bangkok shahrida OFK 2017 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazadi. Ko'pchilik "Eng yaxshi futbolchi" sovrini kimga nasib etarkin deya kutayotgani bor gap.

Nomzodlar esa uch nafar. BAA terma jamoasi va "Al Ayn" klubi yarim himoyachisi Umar Abdulrahmon, Suriya terma jamoasi va "Al Hilol" klubi hujumchisi Omar Xrbin hamda Xitoy terma jamoasi va "SHanxay SIPG" klubi hujumchisi Vu Ley yakuniy uchlikka kirgan nomzodlar hisoblanishadi.

G'olib kim bo'lishini esa kechki payt bilib olamiz. Quyida shu paytgacha "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan barcha o'yinchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz. Malumot uchun, OFKda g'olibni aniqlash 1994 yildan beri yo'lga qo'yilgan. Yaxshi bilasiz, hamyurtimiz Server Jeparov ikki bor ushbu nufuzli sovrinni qo'lga kiritgan. U 2008 va 2011 yillarda OFK tomonidan eng kuchli futbolchi deya tan olingan.

Barcha "Eng yaxshi futbolchilar" ro'yxati:

1994 y. Said Ovayran (Saudiya Arabistoni)
1995 y. Masami Ixara (Yaponiya)
1996 y. Xodadad Azizi (Eron)
1997 y. Xidetoshi Nakata (Yaponiya)
1998 y. Xidetoshi Nakata (Yaponiya)
1999 y. Ali Dayi (Eron)
2000 y. Navaf Al Temiyot (Saudiya Arabistoni)
2001 y. Fan Jiyi (Xitoy)
2002 y. SHinji Ono (Yaponiya)
2003 y. Mehdi Mahdavikiya (Eron)
2004 y. Ali Karimi (Eron)
2005 y. Hamad Al Montashari (Saudiya Arabistoni)
2006 y. Xalfan Ibrohim (Qatar)
2007 y. Yosir Al Qahtoni (Saudiya Arabistoni)
2008 y. Server Jeparov (O'zbekiston)
2009 y. Yasuxito Endo (Yaponiya)
2010 y. Sasha Ognenovski (Avstraliya)
2011 y. Server Jeparov (O'zbekiston)
2012 y. Li Kyun Xo (Janubiy Koreya)
2013 y. Jeng Ji (Xitoy)
2014 y. Nosir Al SHamroni (Saudiya Arabistoni)
2015 y. Ahmad Xalil (BAA)
2016 y. Umar Abdulrahmon (BAA)

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика