So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   4 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  12 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

"Andijon" OCHL 2da kimlar bilan o'ynaydi? Yangiliklar

"Andijon" OCHL 2da kimlar bilan o'ynaydi?

Teglar :  AndijonOCHL 2OFK
O'zbekiston Kubogining amaldagi sohibi "Andijon" bu mavsum tarixda ilk marta Osiyo chempionlar Ligasi 2 musobaqasida ishtirok etadi.

Mazkur musobaqaga O'zbekiston uchun bitta joy ajratilgan. OCHL 2ning amaldagi g'olibi - BAAning "Sharja" klubi OCHL Elit turnirida qatnashadi. Malumot uchun, OCHL 2da jami 32ta klub ishtirok etadi. Jamoalar 16tadan Sharq va G'arb mintaqasiga bo'lingan.

Bizga ko'proq G'arb mintaqasi qiziq bo'lgani uchun shu haqda fikr yuritamiz. Bugungi kunga kelib deyarli hamma ishtirokchi jamoalar nomi malum bo'lgan. Faqat Iroqda Kubok o'yinlari tugagani yo'q, shu bois yana bir jamoa nomi keyinroq malum bo'ladi. Quyida OCHL 2 yangi mavsumida qaysi davlatdan kimlar qatnashishini keltirib o'tamiz.


1. Saudiya Arabistoni (1) - "Al Nassr" (Saudiya chempionati 3-o'rin sohibi)

2. BAA (1) - "Al Vasl" (BAA chempionati 4-o'rin sohibi)

3. Qatar (1) - "Al Ahli" (Qatar chempionati 4-o'rin sohibi)

4. Eron (1) - "Istiqlol" (Eron Kubogi sohibi)

5. O'zbekiston (1) - "Andijon" (O'zbekiston Kubogi sohibi)

6. Iroq (1) - ??? (Iroq Kubogi sohibi, Kubok finali 16 iyul kuni bo'lib o'tadi)

7. Iordaniya (2) - "Al Husseyn" (Iordaniya chempioni), "Al Vehdat" (Iordaniya Kubogi sohibi)

8. Bahrayn (2) - "Al Muharraq" (Bahrayn chempioni), "Al Xaldiya" (Bahrayn Qirol Kubogi sohibi)

9. Hindiston (1+1) - "Mohun Bagan" (Hindiston chempioni), "Goa" (Hindiston Superkubogi sohibi)

10. Tojikiston (1+1) - "Istiqlol" (Tojikiston chempioni), "Regar TadAZ" (Tojikiston Kubogi sohibi)

11. Turkmaniston (1+1) - "Arqadag'" (OFK Chaqiruv Ligasi g'olibi, Turkmaniston chempioni va Kubok sohibi), "Ahal" (Tojikiston chempionati 2-o'rin sohibi)

12. Ummon (0+1) - "Al Siib" (Ummon chempioni)



OCHL 2 guruh o'yinlariga chiqish uchun 4ta jamoa ishtirokida o'tish o'yinlari o'tkaziladi. 13 avgust kuni "Goa" - "Al Siib" hamda "Regar TadAZ" - "Ahal" bellashuvlari bo'lib o'tadi. G'olib jamoalar OCHL 2 guruh bosqichiga yo'l olsa, mag'lublar OFK Chaqiruv Ligasiga yo'l oladi. Hozirgi paytga kelib OCHL 2 guruh bosqichida o'ynaydigan 13ta jamoa malum. Ikkita jamoa 13 avgust kungi o'yinlaridan so'ng aniq bo'ladi.

Shuningdek, 12 avgust kuni Qatarning "Al Duhayl"  va Eronning "Sepaxon" klublari o'rtasida ham o'tish o'yini o'tkaziladi. Bunda yutgan jamoa OCHL Elitga yo'l oladi. Yutqazgan klub esa o'z kuchini OCHL 2da sinab ko'radi. Shunday qilib ushbu musobaqadagi barcha 16ta jamoa nomini bilib olamiz. 

15 avgust kuni OCHL 2 guruh o'yinlariga qura tashlanadi. Qura natijalariga ko'ra, jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'linadi va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga chiqadi.


Guruh uchrashuvlari taqvimi:

1-tur. 16-17 sentyabr

2-tur. 30 sentyabr - 1 oktyabr

3-tur. 21-22 oktyabr

4-tur. 4-5 noyabr

5-tur. 25-26 noyabr

6-tur. 9-10 dekabr

Musobaqaning nimchorak final, chorak final va yarim final uchrashuvlari uy-mehmon tarzida ikkita o'yindan iborat bo'ladi. OCHL 2ning hal qiluvchi final bahsi 16 mayga belgilangan bo'lib, betaraf maydonda o'tkaziladi.


X.Xoliqov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика