So’nggi yangiliklar

09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  1 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   17 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   1 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   4 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  6 03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  2 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  176 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  6 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  4 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  19 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0

SHri-Lanka bosh murabbiyi: "O'zbekistonning o'yinini Tailandnikidan 10 foiz yuqoriroq baholayman" Yangiliklar

SHri-Lanka bosh murabbiyi: "O'zbekistonning o'yinini Tailandnikidan 10 foiz yuqoriroq baholayman"

Osiyo Kubogi 3-saralash bosqichi "C" guruhi 2-turi doirasidagi SHri-Lanka – Tailand uchrashuvi (0:2) yakuniga etdi.

Bahsdan keyin SHri-Lanka ustozi Hassan Rumi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ushbu xalqaro turnir orqali yigitlar tajriba orttirishadi. Ular 90 daqiqa davomida qo'lidan kelganini bajarishdi. Biz FIFA reytingida 205-o'rindamiz, lekin bu ahamiyatga ega emas. Raqib darvozasini ishg'ol qilganimizda hammasi boshqacha bo'lardi. Keyingi bahsda boshqacha o'yin namoyish etamiz. O'zbekiston kuchli o'yinchilardan tarkib topgan ekan. Murabbiy sifatida shuni aytamanki, rivojlanishdan to'xtab qolmaymiz", – dedi murabbiy.

- Kelgusi bahsga qanday maqsadlaringiz bor?

- Har bir jamoaga alohida reja tuzganmiz. 

- Guruh favoritlari o'rtasidagi farq qay darajada?

- Ikkala jamoa ham kuchli o'yin ko'rsatadi, biroq O'zbekistonning o'yinini 10 foiz yuqoriroq baholayman.

- Jamoa Osiyo Kubogiga chiqish imkoniyatini deyarli yo'qotdi. Gol o'tkazib yuborgach, nega shogirdlaringiz hujumga o'tish orqali tavakkal qilmasdan, himoyalanishda davom etdi?

- Raqib bunga yo'l qo'ymadi, biz imkoniyatimiz boricha vaziyatlar yaratishga harakat qildik.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика