So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

“SHo'rtan” FKning "Malibu", "Lasetti", "Matiz" va avtobusi MIB tomonidan xatlandi Yangiliklar

“SHo'rtan” FKning "Malibu", "Lasetti", "Matiz" va avtobusi MIB tomonidan xatlandi

Pro Liga vakili G'uzorning “SHo'rtan” klubiga Majburiy ijro byurosi tomonidan chora ko'rildi.

Bu haqda Telegramdagi “Qarshiliklar” (t.me/Qarshiliklar_Rasmiy) kanali Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog'iga tayanib xabar bermoqda.

“SHo'rtan professional futbol klubi” Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 7.09.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan 110 million 663 ming 983 so'm hamda 27.09.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan 358 million 344 ming 988 so'm, jami salkam 470 million so'm soliqdan qarzdorligi mavjud edi.

Ogohlantirishlarga qaramasdan, klub qarzdorlikni bartaraf etmagach, Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan majburiy tartibda undirish belgilandi.

Joriy yilning 17 dekabr kuni klub rahbari boshqaruvidagi Malibu va Lasetti hamda klubga tegishli bo'lgan Matiz rusumli engil avtomashinalar hamda avtobus xatlab olindi.

Agar klub   Byuro tomonidan belgilangan muddatda qarzdorlikni bartaraf etmasa, bu avtomashinalar sotuvga qo'yilib, tushgan mablag' orqali qarzdorlikni qoplash choralashi ko'riladi” deya xabar bermoqda Telegram ijtimoy tarmog'idagi “Qarshiliklar” (https://t.co/U205kdGpuT)  kanali.

Eslatib o'tamiz, dekabr oyi boshida klubga - bir necha yillar "Nasaf"da ishlagan SHamil Yarulin bosh menejer, "Nasaf"ning sobiq sardori  Botir Qoraev bosh murabbiyi etib tayinlanganligi haqida xabarlar chiqqandi. Ammo keyinchalik klub matbuot xizmati klub rasmiy saytida ushbu xabarlar asossiz ekanligi haqida (http://fcshurtan.uz/?p=9942 ) rasmiy bayonot bergandi.

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика