So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  17 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

SHomurodovga atalgan tur: A Seriya 28-tur yakunlari Yangiliklar

SHomurodovga atalgan tur: A Seriya 28-tur yakunlari

Italiya A Seriyasi 28-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

"Kalyari" "Salernitana"ni mag'lub etdi

O'yin boshlanishi "orolliklar" uchun ajoyib chiqdi, Cappa to'pni o'z yarim maydonidan oldinga yo'naltirdi, Ochoa esa to'pga omadsiz chiqdi. Lapadulla avvaliga darvozabondan o'tdi, so'ngra aldov bilan himoyachini yo'lidan olib tashladi va bo'sh qolgan darvozani osongina ishg'ol qildi. "Salernitana" shundan so'ng ko'proq hujum qila boshladi, ammo Skuffet darvozasiga haqiqiy xavf yuzaga kelmadi, faqatgina bir vaziyatda Majorening uzoqdan zarbasini qaytarishga to'g'ri qildi. "Salernitana" taym so'nggiga yaqin bo'shashdi va o'z darvozasiga qarshi hujumni olib keldi. Nandes o'z jarima maydonchasi ichidan yugurdi va to'pni Gaetanoga uzatdi, u esa himoyachini aldab burchakni aniq nishonga oldi.

Tanaffusdan so'ng maydonga Eldor SHomurodov tushirildi va hamyurtimiz bir necha daqiqadan so'ng o'zining "orolliklar" safidagi ilk golini urdi. U Deyolaning pasidan so'ng o'tkir burchakni nishonga oldi, Ochoa esa zarbani qiyinchilik bilan bartaraf etdi, hujumchi ikkinchi urinishda to'pni darvozaga kiritib yubordi. Mehmonlar taslim bo'lishni o'ylashmadi, 4 daqiqadan so'ng Zanoli Kastanos zarbadan qaytgan to'pni darvozaga qaytib aniq yo'naltirdi. Tez orada Kandrevaning burchakdan uzatmasidan so'ng Madjore hisobni qisqartirdi. Mehmonlar hujum qilishda davom etishdi, ammo yakunda qarshi hujumga duch kelishdi. SHomurodov Fasioning xatosidan foydalandi va darvoza tomonga yugurdi, shundan so'ng Fasioni yana bir bor aldagan holda Ochoaning yoniga ajoyib zarba berdi va shu bilan dubl qayd etdi. SHundan so'ng "Salernitana"da gol urish uchun kuch topilmadi.



"Torino" va "Napoli" o'zaro durang o'ynadi

"Napoli" o'yinni tetik boshladi, 13-daqiqada Xvichada ajoyib imkoniyat bo'ldi, ammo uning yaqin burchakka bergan zarbasini Milinkovich-Savich bartaraf etdi. Tez orada burchak to'pidan so'ng Osimxen xavfli zarba berdi, ammo unga biroz aniqlik etishmadi. "Torino" bunga jarima maydonchasi tashqarisidan berilgan Sapataning kuchli zarbasi bilan javob berdi va Meret uni qaytardi. "Partenopeyliklar" baribir ko'proq hujum qilishdi, Xvicha taym so'nggida boshi bilan zarba berdi, ammo bu safar "buqalar"ning serbiyalik posboni yaxshi harakat qildi.

Mezbonlar tanaffusdan so'ng hujum qilishni davom ettirishdi va bu yakunda ish berdi. Xvicha to'pni qanot bo'ylab olib borgan holda Ruyga uzatdi, o'zi esa jarima maydonchasi markaziga kirdi va portugaliyalikning havolatib uzatgan to'piga zarba berdi. Mezbonlarning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi. Bir necha daqiqadan so'ng "Torino" hisobni tenglashtirdi, burchak to'pidan so'ng yuzaga kelgan chalkashlikdan so'ng Sanabriya darvoza chizig'idan oyoqlari bilan to'pni darvozaga yo'lladi. "Napoli" hujum qilishda davom etdi, ammo vaziyatlar uncha ko'p ro'y bermadi. Taym so'nggiga yaqin Osimxen havodan zarba berdi va yana Milinkovich-Savich xavfni bartaraf etdi. Yakunda serbiyalik darvozabonning ishlari ko'payib ketdi, u Xvichaning uzoqdan yo'llagan ikkita xavfli zarbasini qaytardi, shuningdek burchak to'pidan so'ng Angussaning bosh bilan bergan zarbasi golga aylanishiga to'sqilik qildi va jamoasi uchun durang qayd etilishida katta hissa qo'shdi.



"Inter" "Bolonya"dan ustun keldi

Sanches 9-daqiqadayoq o'tkir burchakdan yaxshi zarba berdi, ammo Skorupski pand bermadi. Tez orada Darmian zarba poziciyasidan o'zini sinab ko'rdi, ammo uning zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi. Birozdan so'ng Barellada ajoyib imkoniyat bo'ldi, ammo Skorupski darvozadan chiqishga va italyanning zarbasini bloklashga ulgurdi. "Bolonya"ning o'zi esa xavfli o'tishlardan boshqasini taklif qilolmadi. Zommer taym o'rtalarida Fergyussonning uzoqdan yo'llagan zarbasini qiyinchiliksiz bartaraf etdi. "Inter"ning javobi muvaffaqiyatli chiqdi, Bastoni qanotdan uzatma ijro etdi, umuman tushunarsiz holatda jarima maydonchasi markazida bo'lgan Bissek boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. "Bolonya" oldinga o'tishga urindi, ammo tanaffusga qadar vaziyatlar bo'lmadi.

Taym boshida Salemarkis jarima maydonchasi yonidan yaxshi zarba berdi, ammo to'p darvoza yonidan o'tib ketdi. "Inter" esa oldinda umuman faollashmadi, ammo ortda zich o'ynadi, shu sabab "Bolonya" uzoqdan zarbalarga urg'u berdi. Eng o'tkir vaziyat taym so'nggida ro'y berdi, unda Zirkzee Bastoni va Acherbini aldab o'tdi, ammo yaxshi poziciyadan Zommer tomonga zarba berdi. "Inter" navbatdagi g'alabaga erishdi va eng yaqin taqibchisidan 16 ochkoga o'zib ketdi.



"Yuventus" va "Atalanta" durang o'ynadi

"Keksa sinora" o'yinni faol boshladi, Miretti Kezaning uzatmasidan so'ng bosh bilan xavfli zarba berdi. Biroz o'tib Kezaning o'zi yaxshi zarba berdi, so'ngra o'yin ancha tinchlandi. Pashalich 35-daqiqada standart vaziyatda zarba o'rniga Kompeynarsga uzatma ijro etdi, u esa to'pni to'qqizlikka kiritdi. SHu bilan taymdagi qiziqarli holatlar yakunlandi.

2-taymda hushtakdan so'ng Keza darhol yaxshi poziciyadan noaniq zarba berdi. "Atalanta"da ham vaziyat bo'ldi, SHensni Skamakkaning uzoqdan yo'llagan zarbasini qaytardi. Ammo, "Yuventus" ko'proq bosim qildi va bu ish berdi. Keza o'rtaga Makkeniga pas berdi, u esa ajoyib uzatma bilan mehmonlar mudofaasini kesib tashladi, Kambyazo esa bir teginish bilan to'pni darvozabonning yoniga yo'naltirdi."Atalanta" o'ziga kelmay turib yana to'p o'tkazdi, Makkeni ko'kragi bilan jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni Milikka qoldirdi, polyak esa to'pni Karnesekining yoniga yo'naltirdi. "Atalanta" esa o'zini yo'qotib qo'ymadi va SHensni darvoza oldida xavfli vaziyatlar yaratdi va tez orada muvaffaqiyatga erishdi. Hujumda paydo bo'lgan Jimisiti ayyorona pas bilan jarima maydonchasi ichida Kompeynarsni topdi, u esa bir teginish bilan to'pni to'rga kiritdi. O'yin so'nggida Moyze Kin "byankoneri"ga g'alaba taqdim etishi mumkin edi, ammo uning bosh bilan bergan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.



"Fiorentina" va "Roma" durang o'ynashdi

Jamoa o'yinga muvaffaqiyatsiz tazrda kirishdi, barchasi Gonsalesning uzatmasidan so'ng "Fiorentina" markaziy himoyachisi to'pni bosh bilan raqib darvozasiga kiritganda uyg'ondi. Mezbonlar vaziyat yaratishda davom etishdi, "Roma" esa zaifroq ko'rindi. Ayniqsa qulay vaziyatda bosh bilan noaniq zarba bergan Sottilda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Taym so'nggida Paredes Belottining zarbasidan so'ng to'pni darvozadan tepib yubordi.

"Jalorossi" tanaffusdan so'ng o'tkirroq o'ynadi, 46-daqiqadayoq Kristante ikki tepmda xavfli zarba yo'lladi, Terrachano bu vaziyatda pand bermadi. "Bo'rilar"ning doimiy bosimi golga olib keldi, Anxelinoning uzatmasidan so'ng to'p Keyodega tekkan holda Auarga shunchalik qulay tushdiki, futbolchi bosh bilan darvozaning yaqin burchakiga to'pni kiritdi. Urilgan gol "Fiorentina"ni hayron qoldirmadi, ular tez orada gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Belotti Biragining uzatmasidan so'ng Belotti himoyachilar bilan kurashdi va to'p Mandragorga borib tushdi, u esa to'pni Svilarning yoniga yo'llab qo'ya qoldi. Paredes tez orada jarima maydonchasi ichida Belottini yiqitdi va "Fiorentina" hisobdagi ustunlikni oshirishi mumkin edi. Biragi to'pga yaqinlashdi, ammo Svilar uning zarbasini qaytardi. "Fiorentina" joriy mavsum 5 va 6-penaltilardan foydalana olmadi. "Roma" esa yaqqol darvozabonning seyvidan ruhlandi va oldinga bordi, bu esa yakunda muvaffaqiyatga olib keldi. Ndika so'nggida daqiqada bosh bilan uzatma ijro etdi, Lorente esa chiroyli zarba bilan Terrachano darvozasidagi to'qqizlikni nishonga oldi.



SHuningdek:

"Milan" "Empoli"ni yutdi

"Udineze" "Lacio"ni mag'lub etdi

"Monca" "Jenoa"dan ustun keldi


Sergey Rumyancev tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика