So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  2 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

SHomurodov va Alijonov BAAga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi Yangiliklar

SHomurodov va Alijonov BAAga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

O'zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgan ikki nafar futbolchi BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jamoamizga yordam bera olmasligi malum bo'ldi.

Yaqindagina “Jenoa” klubi bilan shartnoma imzolagan Eldor SHomurodov Italiyada mehnat faoliyatiga ruxsat beruvchi viza masalalari sabab Toshkentda qolishga majbur bo'ldi. SHu sababli 25 yoshli hujumchimiz BAA safariga bora olmaydi.

“Paxtakor” himoyachisi Hojiakbar Alijonov avvalgi jarohatlarining asorati sabab Eronga qarshi kechagi uchrashuvda o'zini noqulay his qila boshladi. Murabbiylar shtabi jamoa shifokori bilan maslahatlashib, futbolchini jiddiy jarohat xavfidan asrash, undagi ushbu kichik noqulaylik futbolchining MTJ va “Paxtakor”dagi keyingi faoliyatiga salbiy tasir ko'rsatish ehtimolini hisobga olgan holda, unga tatil berishga va jarohatini to'liq davolab olishga imkoniyat yaratishga qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, BAA - O'zbekiston uchrashuvi 12 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:40da boshlanadi.



O'zbekiston terma jamoasining BAA bilan o'yin uchun futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar
: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Rahimjon Davronov ("Mashal")

Himoyachilar: Rustamjon Ashurmatov ("Kvandju", Janubiy Koreya), Igor Golban ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Bunyodkor"), Ibrohimhalil Yuldashev ("Bunyodkor"), Murod Holmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Farrux Sayfiev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Seul", Janubiy Koreya), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Azizjon G'aniev ("SHabab Al Ahli", BAA).

Hujumchilar: SHahzod Ubaydullaev ("Metallurg"), Jasur Yaxshiboev ("SHaxtyor Soligorsk", Belarus), Igor Sergeev ("Paxtakor").

Reyting: -65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика