SHomurodov, Fayzullaev, Husanov va boshqalar. Srechko Katanec O'zbekiston MTJ tarkibini elon qildi
13 mar 2024 11:21
Yangiliklar
SHomurodov, Fayzullaev, Husanov va boshqalar. Srechko Katanec O'zbekiston MTJ tarkibini elon qildi
Bosh murabbiy Srechko Katanec Jahon chempionati hamda Osiyo kubogi 2-qo'shma saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tadigan mazkur bellashuvlardan oldingi yig'in uchun chaqirilgan futbolchilarni aniqlab oldi. Yig'inga 23 nafar futbolchi jalb etilgan, ulardan 13 nafari legionerlar.
O'zbekiston MTJ yig'iniga chaqirilganlar:
Darvozabonlar: O'tkir Yusupov ("Navbahor"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Abduvohid Nematov ("Nasaf")
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Umar Eshmurodov ("Selangor", Malayziya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Abdulla Abdullaev ("Xorfakkan", BAA), Abduqodir Husanov ("Lans", Franciya), Farruh Sayfiev ("Navbahor"), Akrom Komilov (OKMK), Zafarmurod Abdirahmatov ("Nasaf")
Yarim himoyachilar: Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Aziz Turg'unboev ("Sivasspor", Turkiya), Odiljon Hamrobekov ("Navbahor"), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Abbosbek Fayzullaev (CSKA, Rossiya), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA), Otabek SHukurov ("Qayserispor", Turkiya)
Hujumchilar: Eldor SHomurodov ("Kalyari", Italiya), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Azizbek Amonov ("Xorfakkan", BAA).

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ 21 mart kuni Gonkongga qarshi safarda, 26 mart kuni esa uyda bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar