So’nggi yangiliklar

21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  3 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  2 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  17 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  1 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  64 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4

SHohruh Mahmudxojiev: ”G'alaba uchun borimizni beramiz” Yangiliklar

SHohruh Mahmudxojiev: ”G'alaba uchun borimizni beramiz”

Bugungi O'zbekiston kubogi finalidan oldin “Paxtakor” jamoasining iqtidorli futbolchisi SHoxrux Mahmudxojiev bilan suhbatlashdik.

- Jamoa ayni vaqtda chempionlik va Osiyo chempionlar ligasini masalasini o'zi uchun ijobiy hal qildi. SHunday bo'lsada, oldinda yana ikkita final kutib turibdi. Kubokda va Liga kubogida AGMK jamoasi raqiblik qiladi. Qaysi birining darajasi va ahamiyati yuqori?
- Biz uchun O'zbekiston kubogi va bu yil birinchi marotaba o'tkazilgan Liga kubogining farqi yo'q. Ikkalasi ham sovrin. Endi to'g'ri kim uchundir O'zbekiston kubogi muhim. CHunki, u Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma beradi. “Paxtakor” o'zi qatnashadigan barcha musobaqalarda g'olib bo'lishni maqsad qilgan.

- “Paxtakor” AGMKni Superliga doirasida ikki bor yirik hisobda mag'lub etdi. Ertangi o'yin jamoa uchun odatdagidek o'tadimi yoki alohida tayyorgarlik olib borildimi?

- Finalda bosiqlik bilan, o'z o'yinimizni namoyish etgan holda, g'alaba uchun harakat qilamiz. Hayajon nafaqat bizda, raqibda ham bo'lishi tabiiy. Kubokni qo'lga kiritish uchun borimizni beramiz.



- Aytganimizdek "Paxtakor" muddatdan avval chempion bo'ldi va OCHLga chiqib bo'ldi. Qolgan uchrashuvlarda futbolchilarga motivaciya nima bo'ladi?

- Muddatidan avval chempionlikni nishonladik. Bunda barchaning hissasi bor. Muhlislar, murabbiylar shtabi, barcha xodimlarning mexnati evaziga chempion bo'ldik. Qolgan to'rtta o'yin, ikkita finalda g'alaba qozonib, mavsumni mag'lubiyatsiz yakunlamoqchimiz. SHota Arveladze bir narsani doim takidlaydi: “Sizlar chempionsizlar, to'g'ri. Ammo, bu tarixda qoldi. Bugungi kun bilan yashanglar, chempio ekanligingizni isbotlang”. Albatta, xotirjamlikka berilmaymiz. Boisi, ota-onalarimiz, yaqinlarimiz, ishqibozlar bizdan doim g'alaba kutishadi.

- SHaxsan o'zingiz uchu bu yilgi chempionat qanday o'tyapti. Harakatlaringizdan qoniqish hosil qilyapsizsmi?

- Yaxshi o'tyapti. Futbolchi hech qachon o'zidan qoniqmasligi kerak. Bo'lmasa, o'sishdan to'xtab qoladi.


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика