SHerzod Azamov butsalarini mixga ildimi?
07 jan 2024 16:16
Yangiliklar
SHerzod Azamov butsalarini mixga ildimi?
"Tezkor Studiya"ning har bir sonida futbolchi, mutaxassislarga kutilmagan qo'ng'iroq qilish odat tusiga aylanib bormoqda.
Kamoliddin Alimov muallifligidagi loyihaning kechagi sonida "Paxtakor" bilan xayrlashgan SHerzod Azamov bilan muloqot bo'lib o'tdi. Unda futbolchi takliflar va rejalari haqida fikrlarini bildirdi.
"Hali faoliyatimni yakunlash niyatim yo'q. Lekin hozir aniq jamoadan taklif olmadim. Taklif kelib tushsa, ko'rib chiqamiz. Xuddi "Nasaf"da bo'lgani kabi, "Paxtakor"ni tark etish qiyin bo'ldi. Ikki klubda ham uzoq vaqt to'p tepdim",- deydi SHerzod Azamov.
Malumot uchun, himoyachi o'tgan mavsumda jarohati sabab Superligada maydonga tushgani yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar