"SHaxtyor" MYU tufayli Mudrikni "Arsenal"ga sotmagan
14 sen 2022 11:09
Yangiliklar
"SHaxtyor" MYU tufayli Mudrikni "Arsenal"ga sotmagan
Taniqli jurnalist Fabricio Romanoning aytishicha, Doneckning "SHaxtyor" klubi braziliyalik Antoni "Ayaks"dan "Manchester Yunayted"ga 100 million evro evaziga o'tgani sababli yozgi transferlar vaqtida yarim himoyachi Mixail Mudrikni "Arsenal"ga sotishni xohlamagan.
"O'ylaymanki, kelajakda nafaqat "Arsenal", balki boshqa klublar ham Mudrikni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Manbalarim menga "SHaxtyor" Mudrikni 30 million evrodan ko'proq summaga baholaganini aytishdi. Ular, ayniqsa, Antoni "Manchester Yunayted"ga 100 million evro evaziga sotilganidan keyin o'z fikrlarida mustabid turib olishdi. SHundan so'ng "SHaxtyor" futbolchini saqlab qolishga qaror qildi. Uni katta summaga sotishlari mumkinligiga ularning ishonchlari komil", – dedi Romano.
21 yoshli Mudrik joriy mavsum "SHaxtyor" safida 4 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar