So’nggi yangiliklar

18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  5 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  5 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  7 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1

SHackix: "Yaxshi ot keyin chopadi" Yangiliklar

SHackix: "Yaxshi ot keyin chopadi"

"Paxtakor" - "Bunyodkor" o'yinidan va "sherlar" chempionlikka erishganidan so'ng g'olib jamoa ustozi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.



- Mavsum qanday o'tdi degan savolga natijalarimiz javob bersin. Bir yaxshi maqol bor, "Yaxshi ot keyin chopadi". Biz uzoq masofada kuchli ekanligimizni ko'rsatib qo'ydik. CHempionmiz. Raqibni ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdik. Yirik hisobdagi g'alabaga erishishimiz mumkin edi, ammo shunisi ham etarli. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. Endi yigitlar tatilga chiqishadi, bazilar esa terma jamoada biroz mehnat qilishiga to'g'ri keladi.

- Ikkinchi davradagi "Paxtakor" birinichi davradagisidan sezilarli darajada farq qildi. Bunga qanday erishdingiz?

- Hammasiga vaqt kerak. Ish boshlaganimizda yigitlar uchun deyarli barcha narsa birinchi martadek edi. Buning ustiga mavsumga tayyorgarlik muvaffaqiyatsiz o'tgan. Yigitlarning ruxiy va jismoniy holati yaxshi bo'lmagan. SHu sababli ular tushinishi uchun vaqt kerak bo'ldi. Futbolchilar eshitishdi va tushinishdi. Bu o'z mahsulini berdi. So'nggi turlarda men xohlagan "Paxtakor"ni ko'ra oldim. Kelasi mavsum "sherlar" yanada kuchli, tezkor va yaxshiroq bo'ladi.

- Bu mavsum ortda qoldi. Kelasi mavsumda jamoani CHempionlar ligasi kutib turibdi. Ushbu turnirda ishtirok etish uchun kuchli legionerlar kerak. SHunday futbolchilarni olib kelasizmi?

- Bu erda hamma futbolni tushunadiganga o'xshaydi, lekin hech kim jamoani boshqarmaydi. Legionerlar bizni qoniqtiradimi, yo'qmi, buni biz hal qilamiz. Albatta, kelasi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz. CHempionlar ligasi startiga hali ancha vaqt bor. Sentyabrdaku to'g'rimi? Mavsumni yakunlayotganimizda bu turnir boshlanayotgan bo'ladi. Hozir ham bazi g'oyalarimiz bor. Futbolchilar o'sishi uchun jamoada sog'lom raqobat bo'lishi kerak. Raqobat bo'lmasa o'yinchilar hech qachon o'sishga erishmaydi. Biz har bir poziciyada ikki nafar teng futbolchi bo'lishini xohlaymiz. SHundagina jamoa sifatida rivojlana olamiz. Tarkibni kuchaytiramiz - deydi Maksim SHackix.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика