So’nggi yangiliklar

17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  0 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  2 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12

"SHabab Al-Ahli" bosh murabbiyi Paulo Souza: "Nasaf" hozirgacha biz duch kelgan eng kuchli raqib, ammo..." Yangiliklar

"SHabab Al-Ahli" bosh murabbiyi Paulo Souza: "Nasaf" hozirgacha biz duch kelgan eng kuchli raqib, ammo..."

OCHL-2 doirasida “SHabab Al-Ahli”ga qarshi o'yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Paulo Souza va jamoa o'yinchisi Valid Abbos ishtirok etdilar.

"SHabab Al-Ahli" bosh murabbiyi Paulo Souza:

"O'zbekistonga birinchi marotaba tashrif buyurishim. Ertangi bahsga tayyorgarlik ko'rish uchun ko'p vaqtga ega bo'lmadik. Biz mavsumni endigina boshladik. Men "SHabab Al-Ahli"ga kelganimga ko'p vaqt bo'lgani yo'q, "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev esa 12 yil davomida shu klubda ishlab kelayotgan ekan. Raqibimizni hurmat qilamiz, ertaga yaxshi shakllangan jamoaga qarshi maydonga tushamiz. "Nasaf" hozirgacha biz duch kelgan eng kuchli raqib bo'lishi aniq, ammo biz o'z o'yinimiz va o'z jamoamiz haqida qayg'urishimiz kerak. Biz dominant jamoa bo'lishimiz kerak, bu mening falsafam. Ko'proq to'pga egalik qilish, vaziyatlar yaratish va gollar urishga intilamiz. Biz yangi jamoa qurayapmiz va ushbu jamoa yaxshi o'yin namoyish etishiga ishonaman. Jamoamdagi futbolchilarning ko'p qismi hali yosh. SHuningdek, Evropada ham faoliyat yuritgan futbolchilarimiz bor. Xorijda to'p tepgan futbolchilarimizning tajribasi bizga qo'l keladi va g'alaba qozonishga yordam beradi degan umiddaman.

Futbolchi Valid Abbosning o'yin haqidagi fikri:

"Biz OCHLdagi ikkinchi bahsimizni o'tkazmoqdamiz. "Nasaf" jamoasining tarkibi kuchli ekanligini ko'rdim. Biz hozirgi kunda yangi jamoa ko'rmoqdamiz va ushbu harakatlarimizning mevasini 4-5 yildan keyin olamiz.

- Janob murabbiy, har bir jamoaning bosh murabbiyi o'z jamoasini chempion qilishni istaydi. "SHabab Al-Ahli"ning hozirgi imkoniyatlaridan kelib chiqib, jamoa OCHL 2 musobaqasida qaysi bosqichga qadar etib bora oladi deb o'ylaysiz?

- Men bosh murabbiy sifatida jamoamni chempion qilishni istayman, ammo buning o'zi etarli emas. Rahbariyatning maqsadlari ham murabbiy fikri bilan mos tushishi kerak. Biz ishtirok etayotgan har bir musobaqada g'alaba qozonish imkoniyatimiz bor, biroq avvalambor o'yin sifatimizni yaxshilab olishimiz kerak. Oldindan taxmin bildirish qiyin.

- Jamoa yozda tajribali Sardor Azmunni o'z safiga qo'shib oldi. Sardor ertangi uchrashuvga tayyormi?

- Futbolchi har bir o'yinga tayyor bo'lishi kerak. Jamoada nafaqat Sardor balki boshqa futbolchilar ham ertangi bahsga tayyor. Sardorning transferi bizga katta foyda keltirdi. U boshqa futbolchilardan ustun ekanligini bilinib turibdi. U o'z sport formasini saqlab qola olishi kerak. Ertaga uning holati bilan tanishib chiqamiz va u maydonga tusha oladimi yo'qmi, hal qilamiz.

- Futbolchi Valid Abbosga savol. "Nasaf" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Aziz G'aniev "SHabab Al-Ahli"da bir necha yil davomida faoliyat yuritdi. Aziz G'anievning jamoadagi faoliyati va nega jamoani tark etgani haqida gapirib o'tsangiz?

- Aziz juda yaxshi taassurot qoldirdi. Men u bilan birga o'ynaganimdan juda xursandman. Aziz "SHabab Al-Ahli" safida ancha o'sishga erishdi. G'aniev nega jamoadan ketganidan xabarim yo'q to'g'risi, unga faqatgina omad tilayman.

- Valid, siz BAAdagi eng tajribali futbolchilardan birisiz. Nima deb o'ylaysiz, halqaro maydondagi ishtirokini endi boshlagan BAA jamoalari, joriy mavsum qanday natijalarga erisha oladilar?

- Biz ishtirok etayotgan har bir turnirimizda g'olib bo'lishimiz mumkin. Avvalroq aytib o'tganimdek, hozirgi tarkibimizda yoshlar ko'p. Biz yoshroq futbolchilarga o'z tajribamiz bilan bo'lishishimiz kerak, yoshlar esa imkon qadar yaxshiroq o'yin namoyish etishlari kerak. Har bir musobaqada o'zgacha holat va vaziyat bo'ladi. Barchasini hisobga olgan holda biz yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика