So’nggi yangiliklar

16:39"Интер" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун "Ливерпуль" билан курашмоқда  1 16:25Про лига. "Олимпик" "Жайхун" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  2 16:10Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияни мағлубиятга учратди  2 15:46Эксперт фикри. Суперлига 25-тур бошланмоқда. "Насаф" чемпионлик учун яна бир қадам ташлайдими?   2 15:20"Манчестер Юнайтед" афсонаси клубнинг ёзги трансфер кампаниясини танқид қилди  1 14:05"Рома" янги стадионга эга бўлади. Бунга Евро-2032 мезбонлиги сабаб бўлмоқда  0 13:28Садио Маненинг акаси Қозоғистонда академия очишга шама қилди  0 13:03Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Венесуэла ва Африка терма жамоалари билан ўйнайди  2 12:35Суперлига. 25-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Пахтакор" ва "Қўқон-1912"да йўқотишлар бор  2 12:13Қозоғистон U-20 мураббийи Ўзбекистондан учралган икки мағлубиятдан сўнг истеъфога чиққанини маълум қилди  10 11:46"Олимпик" футболчи ва ходимлари 5 ойдан бери маош олишмаяпти, клуб ёпилиб кетиши мумкин  8 11:45Осиё Кубоги-2027. Қитъа биринчилигига чиққан жамоалар 18 тага етди  2 11:20Фабио Каннаваро Суперлига 25-турининг 4 та ўйинини стадиондан кузатади  31 10:51Пролига. Тур аутсайдерлар тўқнашуви билан бошланади  0 10:20"Манчестер Сити" Родрига ўринбосар топди  0

Sevinch qarorgohidagi tamirlash ishlaridan fotoreportaj Yangiliklar

Sevinch qarorgohidagi tamirlash ishlaridan fotoreportaj

Avval xabar qilganimizdek, “SHo'rtan gaz kimyo majmuasi” rahbariyati tashabbusi bilan “Geolog” MSSMda keng ko'lamdagi tamirlash ishlari boshlab yuborilgan edi.

To'g'ri, yurtimizda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin oqibatida tamirlash ishlari bir muddat to'xtab qoldi. Ammo ayni kunlarda bu jarayon qizg'in davom etmoqda.

Malumki, “Geolog” MSSMda juda ko'plab sport inshootlari joylashgan. Bu markazda stadion, sport arenasi, zamonaviy basseyn, gimnastika, atletika, shaxmat-shashka, har xil o'quv markazlari, fitnes xonalari, cho'milish havzasi va boshqalar bor.

“Geolog” madaniy, sport sog'lomlashtirish markazida tamirlash ishlari qanday ketayapti. Ushbu markazda joylashgan “Sevinch” futbol klubi qarorgohidachi? Avvalo shuni takidlab o'tishni hohlardikki, klubimiz ixtiyoridagi yotoqxona, yuvinish, kiyinish xonalari, oshxona va o'quv xonalari tez kunlarda foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan.

Biz ushbu tamirlash jarayoni haqida fotoreportaj uyushtirdik. Marhamat tomosha qiling.




Bu “Sevinch” klubi oshxonasining tashqi ko'rinishi. Oshxonada hali tamirlash ishlari to'liq tugallanmagan bo'lsada, amalga oshirilgan ishlar ancha ko'zga ko'rinib qoldi va oshxona tashqi ko'rinishi mutlaqo yangi ko'rinishga ega bo'ldi.


Bu mashhur “Geolog” sport arenasi, bu erda ne-ne xalqaro va respublika miqiyosidagi musobaqalar o'tkazilmagan deysiz. Bu erda hozir so'nggi jihozlash va tamirlash ishlari ketayapti.






Bu esa “Geolog” stadioni. Stadion tribunalari, yo'laklar, yugurish yo'laklari to'liq tamirlanadi. O'rindiqlar almashtiriladi. Yugurish yo'laklarining qoplamalari yangilinadi. Stadion muhandislik kommunakaciyalari ham zamon talablari darajasida o'zgarmoqda.



Endi “Sevinch” futbol klubi yotoqxonasiga tashrif buyuramiz. Yotoqxona xonalari, sanitariya uzellari, ish kabinetlari xullas barchasi to'liq tamirdan chiqarilmoqda. Jihozlarning hammasi to'liq yangilariga almashtirilmoqda. Yotoqxona barcha talablarga javob beradigan darajada o'zgarmoqda. O'ylamizki, bu yangiliklar jamoamiz futbolchilarining kayfiyatiga – kayfiyat qo'shajak.





Stadion, yani markazning tashqi ko'rinishi hamboshqacha bo'ladi. Markaz hududidagi yo'laklar qoplamasi ham yangisiga almashtirildi.

Xullas, bu markazda odam ko'rsa havasi keladigan darajada o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.

“SHo'rtan gaz kimyo majmuasi” rahbariyatiga, qurilish va tamirlash korxonalari rahbariyatiga, eng asosiysi bu erda mehnat qilayotgan ishchilarga klubimiz nomidan minnatdorchiliklar bildirib qolamiz!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика