Seten "Napoli" haqida gapirdi
18 iyu 2020 21:46
Yangiliklar
Seten "Napoli" haqida gapirdi
Barselona ustozi Napoliga qarshi o'tadigan bo'lajak bahs haqida fikr bildirdi.
“O'ylashimcha, CHempionlar Ligasining yangi formati nafaqat «Barsa», balki boshqalar uchun ham ijobiy emas, boisi, 2 bosqichli o'yinlarda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatingiz yuqori bo'ladi. Hamma uy va safarda o'ynashni xohlaydi, ammo vaziyat o'zgargan ekan, unga moslashishga majburmiz.
«Napoli» – juda kuchli raqib. Ular Kubok finalida yaxshi natija ko'rsatishda va bizga qarshi ilk o'yinda astoydil mehnat qilishimizga sabab bo'lishdi. Oson bo'lmaydi, ammo bor kuchimiz bilan harakat qilishga urinamiz”, deydi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan Neapoldagi bellashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgandi. Javob bahsi esa 7 avgustda Kataloniyada bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar