Seten: "Matematik nuqtai nazardan chempionlik uchun imkoniyatimiz etarlicha"
07 iyu 2020 19:16
Yangiliklar
Seten: "Matematik nuqtai nazardan chempionlik uchun imkoniyatimiz etarlicha"
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten jamoasining ushbu mavsumdagi chempionligi haqida gapirdi.
"Albatta, hali chempionatda g'alabaga erishish uchun imkoniyatimiz bor. Matematik nuqtai nazardan shunday desam bo'ladi. Faktlar ham shunday demoqda. Biroq bu o'zimizga bog'liq emas. Ammo umidni yo'qotmaslik kerak. Taslim bo'lmaslik uchun qo'ldan kelgancha harakat qilamiz", - dedi Seten.
CHempionat tugashiga 4 tur qolganida "Barsa" peshqadam "Real"dan 4 ochkoga ortda qolmoqda.
"Ko'k-anorranglilar" shu davr mobaynida "Espanol", "Valyadolid", "Osasuna" va "Alaves"ga qarshi o'yinlar o'tkazishsa, "qaymoqranglilar" "Alaves", "Granada", "Vilyareal" va "Leganes"ga qarshi o'ynashi kerak".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar