Seten Grizmann haqida: "Undan uzr so'ramayman. Suares va Messi bor joyda joy topish qiyin"
01 iyu 2020 17:23
Yangiliklar
Seten Grizmann haqida: "Undan uzr so'ramayman. Suares va Messi bor joyda joy topish qiyin"
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten La Liga 33-tur doirasidagi "Atletiko" (2:2)ga qarshi o'yinda hujumchi Antuan Grizmanning kam o'ynaganiga izoh berdi.
"Men Grizmann haqida gapiryapman. Men undan kechirim so'ramayman, ammo u o'zini yomon his qilishi mumkinligini tushunaman. Men ham achinaman, chunki u ajoyib professional va zo'r inson.
Riki Puch yaxshi o'ynadi, Suaresni doim maydonda ushlash kerak, Leoni ham. Jamoani barqarorlashtirmay turib, Grizmannga joy topish qiyin", - deydi Seten.
Franciyalik futbolchi kecha "Atletiko"ga qarshi o'yinda 90-daqiqada maydonga tushdi. Seten va Grizmann o'rtasidagi suhbat bugun ertalab jamoa mashg'ulotlarida bo'lib o'tishi kerak edi.
Grizmann joriy mavsum "Barselona" safida La Liga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar