Seten "Barselona"ni sudga beradi
17 sen 2020 23:58
Yangiliklar
Seten "Barselona"ni sudga beradi
Oldinroq klub Seten bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganligini va u o'yinlar davomida zaxira o'rindig'ida o'tirmasligini malum qilgandi.
"Barselona"ga juda ko'p so'rovlar yubordik va nihoyat, kecha klub uzoq muddatlik sukunatdan so'ng ilk marta rasmiy faks jo'natdi. Men, Kike Seten bilan bo'lgan voqeani hamma biladi. 17 avgust kuni meni istefoga chiqarishdi, oradan bir oy o'tib, 16 sentyabr kuni menga istefoga chiqqanim haqida xat jo'natishdi (hisob-kitob qilmasdan). Gap shundaki, murabbiylar shtabida ishlagan qolgan murabbiylar ham kecha ishdan ketganligi haqidagi malumotni olgan (hisob-kitob qilinmagan).
SHu sababli bu mojaroli vaziyatni yuristlar qo'liga topshiramiz va ular buni sudgacha ko'tarishadi. Biz o'z huquqlarimizni shu tariqa talab qilmasak, huquqimizni poymol qilishadi", - dedi Seten.
Seten sud orqali klubdan 4 mln evro miqdoridagi tovon pulini undirib olmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar