Serxio Ramos Xoakin rekordini takrorladi
20 dek 2023 16:59
Yangiliklar
Serxio Ramos Xoakin rekordini takrorladi
Tunda La Liga 18-turi doirasida "Sevilya" safarda "Granada"ni yirik hisobda (3:0) mag'lub etdi.
Gollardan biri himoyachi Serxio Ramos hisobiga yozildi. SHunday qilib, 37 yoshli ispan Xoakinning La Ligadagi samarali mavsumlar (18 mavsumda hech bo'lmasa 1 tadan gol urgan) bo'yicha rekordini takrorladi
Ayni damda Ramos barcha musobaqalarni qo'shganda 14 o'yinda 4 ta gol urdi, 1 ta golli uzatma etkazib berdi va 5 ta kartochka (4 sariq va 1 qizil) ishlab oldi. Futbolchining "Sevilya" bilan shartnomasi 2024 yil yozigacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar