So’nggi yangiliklar

00:25А Серияда чемпионлик масаласи ҳал бўлмоқда: "Интер" ёки "Наполи"  6 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  0 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  1 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  73 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  52 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  2 19:55Диалло МЮ мухлисларига ваъда берди  3 19:33Анчелотти: "Футбол ҳаёти шундай – вақти келиб ҳар қандай авлод кетади"  1 19:11"Насаф" мухлисларга 3 та соврин билан суратга тушиш имконини яратди  1 18:35Ўзбекистон Кубоги. 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Қўқон-1912" ўз уйида "Бунёдкор"ни қабул қилади, "Навбаҳор" меҳмонда "Хоразм" билан ўйнайди  15

Server Jeparov: "Hozir esa biz o'zimizda bor narsalarga egamiz, shu holos" Yangiliklar

Server Jeparov: "Hozir esa biz o'zimizda bor narsalarga egamiz, shu holos"

Coca Cola Superliga 22-turi doirasida "Olimpik"ka qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" ustozi Server Jeparov o'z fikrlarini bildirdi.




- Bunday o'yinda mag'lub bo'lish alamli. 1:0 hisobida birinchi bo'limda chiroyli o'yin ko'rsatib turib, yaxshi vaziyatlar yaratib... Ikkita golimiz hisoblanmadi, ayrim sabablarga ko'ra, uchrashuvda VAR ishlamadi. Balki o'sha gollar VARdan keyin hisobga olinganda hisobni yiriklashtirib, o'yinni ertaroq hal qilishimiz, ikkinchi bo'lim boshqacha kechishi mumkin edi. Birinchi bo'limda yigitlar barchasini to'g'ri bajarishdi, rejamiz to'liqligicha ishladi. Yigitlarga uqtirgan, etkazib bera olgan narsalarimni ular maydonda bajarib bera olgani uchun ularga rahmat aytaman. CHunki birinchi bo'limda raqibdan yaxshiroq edik. Ikkinchi bo'limda esa yigitlarning jismoniy holatidan qo'rqqandim. Hozir holat unchalik yaxshi emas. Ikkinchi bo'limda esa mashg'ulotlar davomida hali to'liqligicha etkazilmagan ishlarni qilmoqchi bo'ldik. Biz uchun ikkinchi bo'limlar juda og'ir kechyapti. Balki yigitlarning jismoniy holati yaxshi bo'lganida ikkinchi bo'lim ham boshqacha kechgan bo'larmidi... CHarchoq sababli yana pand edik, to'pga eta olmayapmiz, teshiklar ochilib qolyapti, penalti bilan bog'liq vaziyatlar. Barchasi charchoqdan. Undan tashqari futbolchilarning ruxiy holati ham yaxshi emas. Ularga har kuni "yutish kerak, yutish kerak" degan bosim bo'ladi. Yigitlarga etirozim yo'q. O'yinda xatolar doimo bo'ladi. Futbolchilarim yutishga harakat qilishdi, o'yinga o'zini bahsh qila olishdi. 

- "Lokomotiv"ning taqvimi og'ir. "Navbahor", "So'g'diyona", "Paxtakor" kabi o'yinlarda jamoa qancha ochko to'play oladi va yigitlar ruxan ushbu o'yinlarga tayyormi?

- Dastlabki navbatda yigitlarni ruxan va jismonan tayyorlash mening vazifam. Endi buyog'iga futbolchilarni jismonan uchrashuvlarga tayyorlashga vaqt etarli emas. Raqib chempionlik uchun kurashayotgan bo'lsa-da, biz ham to'xtamaymiz. G'alaba uchun o'ynaymiz. Hozir ochkolar biz uchun oltinga teng. Qo'ldan kelgancha harakat qilib, ochkolarni to'plashga intilamiz. Kafolat beraman, yigitlar barcha o'yinlarda g'alaba uchun o'ynaydi.

- Jerom Etame ushbu mavsumda ettinchi marta 100 foizlik imkoniyatdan foydalana olmadi. Bu hujumchi uchun daxshatli darajada yomon statistika deb hisoblasa bo'ladimi?

- Uning uchun shunday. Bu uning hozirgi kundagi darajasini belgilab beradi. Bu erga keldimi, barcha futbolchi gol urishni o'ylashi kerak. Ha, u bugun chiroyli gol urdi. Biroq u qanday bo'lsa shunday. Bundan ortig'ini bajara olmaydi. Uning vaziyatni yakunlashi juda yomon darajada. Agarda u barcha vaziyatdan gol urganida bu erda o'ynamayotgan bo'lardi. Balki u hujumlarni boshlash, hujumlarni xavflilashtirish, raqiblarni aldab o'tishda eng yaxshilaridan biridir, afsuski uning vaziyatlardan gol urish hususiyati unchalik zo'r emas. Rostdan ham, u hamma vaziyatdan gol urganida bu erda o'ynamasdi. 

- Agarda "Lokomotiv" futbol klubining homiylariga qaraydigan bo'lsak, havas qilarli nomlar bor. Yozgi transferlar oynasi vaqtida shunday homiylar orqali hujumchi olib kelish varianti ko'rib chiqilmadimi?

- Bilasizmi, mavsum o'rtasida bunday selekciya ishlarini olib borish juda qiyin. CHunki ko'plab futbolchilarning klubi bilan shartnomasi bo'ladi. Mavsum o'rtasida ko'plab futbolchilarda jarohatlar ham bo'ladi. Yozgi transferlar oynasi vaqtida short-listdan 5 hujumchi o'rin olgandi. SHulardan faqatgina Mo'min Melievni olib kela oldik. Qolgan futbolchilarni esa klublari qo'yib yubormadi. Futbochilarni olib kelish, ularni ko'rish kichik muddat ichida amalga oshirilmaydi. Bazida bunday davr yilni ham qamrab olishi mumkin. Bu juda qiyin jarayon hisoblanadi. Hozir esa biz o'zimizda bor narsalarga egamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика