So’nggi yangiliklar

18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  3 18:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" меҳмони бўлмоқда, "Олимпик" "Жайхун" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  1 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  28 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   4 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  5 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45Абдумавлон Абдужалилов: "Бухоро" бизнинг хато қилишимизни кутди, улар осон рақиб эмас"  0

Sergey Lushchan: “Vaziyat yomonlashayotgani haqidagi fikrlarga qo'shilmayman” Yangiliklar

Sergey Lushchan: “Vaziyat yomonlashayotgani haqidagi fikrlarga qo'shilmayman”

“Bunyodkor” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi ishtirok etdi.

- O'yinimiz yomon bo'lmadi. O'yin jihatdan asta-sekinlik bilan harakatlarimiz yaxshi tomonga o'zgarmoqda. Yigitlar sekin-sekin o'zlariga kelishmoqda. Afsuski, mana shunday ustunlikka ega bo'lib turib, raqibni yuta olmadik. Oldingi chiziqdagi yakuniy zarbalarimiz qovushmadi. Jarohatlanganlar ko'p. Ibrohimov, Sanoev, CHemirtan jarohatlangan. Michich bilan jiddiy gaplashib olamiz. U qishki yig'inlarda namoyish etgan o'yinlarini umuman ko'rsatmayapti. Unda jarohat bo'lgan ekan, ammo buni bilmasdik. SHu sababli bo'lsa kerak o'z o'yinini ko'rsata olmayapti. 

Vaziyat yomonlashayotgani haqidagi fikrlarga qo'shilmayman. Bugun zaxiradan maydonga tushgan yigitlarga o'yinni kuchaytirish vazifasi yuklatilgandi. Afsuski, ular ishonchimizni oqlolmadi. Tarkibdagi deyarli hamma bizning tarbiyalanuvchilar. Hammaga imkoniyat beryapmiz va shunday qilishda davom etamiz. Esonqulov kecha yoshlar ligasida o'zini yaxshi ko'rsatdi shu bois bugun maydonga tushirdik. Bundan tashqari uning tug'ilgan kuni edi. Uni qo'llab-quvvatlash uchun imkoniyat bergandik, afsuski bugun o'zidan talab qilingan vazifani bajara olmadi. Ammo imkoniyat berishda davom etamiz.

“Dinamo” o'z o'yinini namoyish etdi. Ular qarshi hujumda yaxshi harakat qilishmoqda. Bugun bizning tarbiyalanuvchimiz bo'lgan Qahramonov gol urib ketdi, - deydi Sergey Lushchan.



Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика