So’nggi yangiliklar

15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  0 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2

Sergey Lushchan: "Navbahor"ga kelganimdan buyon ilk bor o'yinimizdan qoniqdim" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Navbahor"ga kelganimdan buyon ilk bor o'yinimizdan qoniqdim"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Uchrashuv natijasidan va ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqdim. Bu men jamoa boshqaruviga kelganimdan buyon birinchisi bo'ldi. Yigitlarga raxmat aytaman, ular bugun o'zlarining bor mahoratlarini ishga solgan holda harakat qilishdi. Hisob adolatli bo'ldi deb hisoblayman.


Tarkibimizda nomdor va tajribali futbolchilar bor. SHunday ekan, albatta bizdan natija kutiladi. Takidlash joiz, chempionlik uchun kurasha oladigan futbolchilarimiz bor. Biroq, birinchi davrada boy berilgan ochkolar, hozirga kelib jamoadagi duranglar soni 8 ta etishi bizga mavsum chempionligi haqida o'ylashga fursat qoldirmaydi. Biroq, bo'shashmasdan davom etsak, natija o'zi keladi. Bugun jamoada hamma yaxshi o'ynadi, darvozabondan tortib to hujum chizig'igacha.


- Qoniqarsiz natijalar ortidan bugungi g'alaba "Paxtakor"ga qarshi o'yindan oldidan motivaciya o'rnida xizmat qiladimi?


- G'alaba har doim ishonch kayfiyatini shakllantiradi. Oldimizda masuliyatli uchrashuv kutmoqda. Biz "Paxtakor" bilan o'yin uchun ham qolgan jamoalarda bo'lgani kabi tayyorgarlik qilamiz. G'olibga final yo'llanmasi taqdim etiladigan darajadagi masuliyatli o'yin.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика