So’nggi yangiliklar

23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  0 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  30 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  4 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  2 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  166 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0 18:25Антони: "Месси ҳар доим менинг кумирим бўлган"  7

Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o'tyapti? Balki..." Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o'tyapti? Balki..."

Superliganing 25-turi doirasida "Qizilqum" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida qatnashdi.




- Jamoam sifatli va yaxshi o'yin namoyish qildi. O'yinning borishi va natijasidan mamnunman.

- Odil Hamrobekovning asosiy tarkibda maydonga tushmasligi sababi nimada?

- Bu tabiiy holat. U nafaqat bizda, balki, terma jamoada ham almashtirilmaydigan futbolchi. Jamoaning asosiy futbolchisi bo'lsa-da, unga dam bermoqchi edik, bugun uning xizmatlaridan umuman foydalanmoqchi emasdik. Lekin tarkibimizda muammolar bor edi, 4 futbolchimiz diskvalifikaciya sababli o'yinda qatnashmasdi. O'yinga qadar u bilan gaplashib oldik va 15-20 daqiqa o'ynashini so'radik.

- Oldingizda tarkibni yoshartirish vazifasi qo'yilgan bo'lsa, bu ishni boshladingizmi?

- Klub strategiyasi shunday bo'lmoqda. Lekin kelasi yili kim ishlashini bilmaymiz. To'g'ri, ayni damda klubdagilar tarkibni yoshartirishni, klubdan chiqqan futbolchilarni, Superliganing boshqa klublaridagi namanganliklarni qaytarishni reja qilishmoqda. Reja shunday, ammo buni amalga oshira olamizmi yo'qmi, bilmaymiz.

- Mish-mishlarga qaraganda "Navbahor"ning ko'plab futbolchilari "Neftchi"ga o'tarmish. Bu haqda nima deya olasiz?

- Balki. Bo'lishi mumkin. Lekin mish-mishlar haqida biror aniq gap aytib ham bo'lmaydi. Bu juda qiyin. Mavsum yakunlanganidan keyin ko'ramiz. Futbolchilar qaerni xohlashsa, o'sha erga intilishadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика