So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  0 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  16 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  24 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

Sergey Lebedev: “Mahoratli futbolchilar mezbonlar g'alabasiga munosib hissa qo'shishdi” Yangiliklar

Sergey Lebedev: “Mahoratli futbolchilar mezbonlar g'alabasiga munosib hissa qo'shishdi”

O'zbekiston kubogi, “E” guruhi, 3-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “FarDU” (3:1) uchrashuvidan keyigi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lebedev qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

– Menimcha, bugungi uchrashuv barcha muxlislarga manzur bo'ldi. O'yin yaxshi kechdi. Bellashuvning 1-bo'limida bizda imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo ulardan foydalana olmadik. O'yin chiroyli tarzda kechdi. Bizga biroz omad etishmadi. “Navbahor”ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman va jamoaga keyingi bahslarda omad yor bo'lishini tilayman. 

-  Ikkinchi bo'limda “Navbahor” tarkibida yuz bergan o'zgarishlar “FarDU”ning o'yiniga qanchalik tasir o'tkazdi? Boisi, jamoangiz 1-bo'limda yaxshi o'yin namoyish etdi. Ammo 2-bo'limda tashabbus to'lig'icha mezbonlar tarafiga o'tdi . . .  

– Albatta, mezbonlar tarkibida birdaniga 3 nafar asosiy tarkib futbolchilarining zaxiradan maydonga tushishlari ularning o'yinida katta rol o'ynadi. 

Ushbu o'zgarishlar maydon egalarining o'yinida burilish yasadi, shuningdek, o'zimizning xatolarimiz evaziga ham darvozamizdan to'plar o'tkazib yubordik. Mahoratli futbolchilar mezbonlar g'alabasiga munosib hissa qo'shishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика