Anchelotti: "Septete" haqida hech kim gapirmayapti"
21 avg 2024 17:05
Yangiliklar
Anchelotti: "Septete" haqida hech kim gapirmayapti"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum jamoasi barcha sovrinlarni yutishi ehtimoli haqida gapirdi.
"Septete" (ehtimoliy 7ta sovrin yutish) haqida hech kim gapirmayapti. Biz har uch kunda tayyorgarlik haqida o'ylashimiz kerak, chunki taqvim shuni talab qiladi. Lekin, bu tarkibimiz bilan biz barcha musobaqalarda qatnasha olamiz", - dedi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, "Real" bu mavsum UEFA Superkubogini qo'lga kiritib bo'ldi. "Septete" bo'lishi uchun madridliklar Ispaniya Superkubogi, Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati, La Liga, Ispaniya kubogi, CHempionlar ligasi va FIFA Interkontinental kubogini ham qo'lga kiritishi kerak bo'ladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar