Semedu "Man Siti"ga o'tishga qaror qildi. "Barselona" esa Kanseluni qo'lga kiritadi
23 may 2020 13:51
Yangiliklar
Semedu "Man Siti"ga o'tishga qaror qildi. "Barselona" esa Kanseluni qo'lga kiritadi
"Barselona" himoyachisi Nelson Semedu faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettiradi.
Nelson Semelu CHempionlar Ligasi uchun qo'yilgan taqiqqa qaramay, "Manchester Siti"ga o'tishga qaror qildi.
Bitim doirasida himoyachi Joau Kanselu Kataloniya klubiga o'tadi. Ikkala o'yinchining agenti ham Jorje Mendesh hisoblanadi.
"SHaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham Semeduga qiziqmoqda va o'zi qoniqmayotgan Kanseluni qo'yib yuborishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, avvalroq havola etgan materiallarimizdan birida biz aynan shu almashuv amalga oshirilishi haqida xabar bergandik.
Fikrlar