So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  3 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

Sekeyra: "CHempionat yakunlangach, uyga ketaman, ammo "Lokomotiv"dan emas" Yangiliklar

Sekeyra: "CHempionat yakunlangach, uyga ketaman, ammo "Lokomotiv"dan emas"

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra "So'g'diyona"ga qarshi o'yin to'g'risida fikr bildirdi.




O'yin haqida

— O'yin ajoyib ruhda o'tdi. Ikkala jamoa ham kuchli klub hisoblanadi. O'ylashimcha, bugun "Lokomotiv" juda yaxshi o'yin ko'rsata oldi. Taktik jihatdan jamoa o'ziga biriktirilgan vazifani alo darajada uddaladi. Sababi, "So'g'diyona"ning o'yinlarini ko'rib chiqdik, analiz qildik, ularga qarshi o'yin uslubi ishlab chiqdik va bu to'g'ri amalga oshirildi, deb o'ylayman. "So'g'diyona"ning 3-o'rinda ketayotganini hisobga olsak, bugun chiroyli o'yin guvohi bo'ldik. SHogirdlarimga ham minnatdorchilik bildiraman, ular bugun bahs namoyish etishdi. Bu g'alabani faqatgina "Lokomotiv"ga taalluqli kishilarga emas, o'zbek futbolini yaxshi ko'radigan barcha muxlislarga bag'ishlaymiz, chunki ular ushbu haftada zafar qozonishimizda katta yordam berishdi. Menga ko'pgina futbolga qiziquvchilardan xabarlar keldi, ular men haqimda iliq fikr bildirishdi. Ularga ham alohida minnatdorchilik bildiraman. Albatta, o'zga yurtda faoliyat yuritish bir kishi uchun juda qiyin. Muxlislarning menga bo'lgan munosabati qo'shimcha kuch bag'ishladi. Men birovni tanqid qilishni, u haqda salbiy gapirishni yoqtirmayman. Faqatgina o'zbek futboli rivoji yo'lida yordam bermoqchi edim.

— Temurxo'ja Abduxoliqovning ahvoli qanday? U birinchi bo'limda jarohat olib, almashtirildi.

— Temurxo'janing ahvoli yaxshi, men uni ikkinchi bo'limda xavf ostiga qo'yishni istamadim. Menimcha, 3-4 kun ichida salomatligi yaxshilanib, mashg'ulotlarga qaytadi.

— So'nggi paytlarda o'zini ko'rsatayotgan, hatto terma jamoaga chaqirilgan Azizbek Amonov zaxirada qoldirildi. Bu taktika bilan bog'liqmi yoki uning o'yini pasayganmi?

— Taktika bo'yicha shu narsa rejalashtirilgandi. SHu bois uning o'yinida muammo yo'q.

— Qo'qondagi bahsdan so'ng Sekeyra jamoadan ketishi haqida gapirgandi. Bu jahl ustida aytilgan gapmi yoki murabbiy mavsum yakunida jamoani tark etmoqchimi?

— Albatta, chempionat yakunlangach, uyga ketaman. Bu "Lokomotiv"dan ketish degani emas, bu haqda muzokaralar olib boriladi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика