"Sautgempton" Mourinyu rejalariga kirmayotgan "Roma" futbolchisiga qiziqmoqda
19 jan 2023 11:05
Yangiliklar
"Sautgempton" Mourinyu rejalariga kirmayotgan "Roma" futbolchisiga qiziqmoqda
"Roma" himoyachisi Rik Karsdorp faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, "Sautgempton" 27 yoshli niderlandiyalik futbolchiga davogarlik qilmoqda. Avvalroq futbolchi rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyuning rejalariga kiritilmagan, himoyachining agenti esa portugaliyalik mutaxassisni tanqid qilgandi.
Karsdorp joriy mavsum "Roma" safida 11 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 9 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar