So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  3 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  6 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  2 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  16 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  3 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  10 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Sarvar Jo'raev: “Yana “Olmaliq”qa qaytishim ham mumkin” Yangiliklar

Sarvar Jo'raev: “Yana “Olmaliq”qa qaytishim ham mumkin”

Teglar :  Sarvar Jo'raev
Joriy mavsumni avvaliga “Olmaliq” safida boshlagan Sarvar Jo'raev davralar oralig'iga kelganida “SHo'rtan”ga o'tib ketdi.

Aytish kerakki, g'uzorliklar safida Jo'raev “yo'qolib” qolgani yo'q. Aksincha uning o'zi istaganichalik o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Futbolchining o'zi bilan suhbatlashganimizda ham bu haqda aytib o'tdi.

- Bilsangiz kerak mavsumni “Olmaliq”da boshlagandim. Ammo u erda zaxirada o'tirib qoldim. Ayni o'ynaydigan yoshda bo'la turib, vaqtim kelishini kutish yoqmadi. SHu bois yozda muhitn o'zgartirishga qaror qildim. Bu paytga kelib “SHo'rtan”dan chorlov bo'ldi. Ikkilanib o'tirmasdan g'uzorliklar lageriga borib qo'shildim – deya gap boshladi Sarvar Jo'raev.

- O'ylamanki “SHo'rtan”ga o'tib xato qilmadim. Aksincha u erda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Men uchun eng muhimi ham shu edi. Jamoa meni juda yaxshi qabul qildi va yangi muhitga moslashib ketishim ham qiyin kechmadi.

- Qanday o'yin ko'rsatganim borasida esa hozir sizga aytishim qiyin. O'zimga o'zim baho bera olmayman. Yaxshisi bu haqda murabbiylardan so'raganingiz maqul.

- Mavsum yakuniga etganiga ham ko'p vaqt bo'lmadi. Hozir hamma qatori men ham oilam davrasida dam olyapman. Keyingi taqdirimni qaysi jamoa bilan bog'lash to'g'risida o'ylab ko'rganim yo'q. Qolaversa “Olmaliq” bilan amaldagi shartnomam ham bor va u yil oxirida o'z kuchini yo'qotadi. Agarda Igor SHkvirin yana jamoasiga chaqirsa boraman. Aks xolda o'zimga boshqa variant qidiraman.

- “SHo'rtan” rahbariyati yoki murabbiylari bilan hozircha bo'lajak rejalar haqida suhbatlashmadik. Extimol yaqin orada bu narsa amalga oshar – deydi Sarvar Jo'raev.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика