So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  6 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  17 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  406 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

Sardor Rahmonov: "So'nggi besh yilda ilk bor bunday atmosferaga duch keldim" Yangiliklar

Sardor Rahmonov: "So'nggi besh yilda ilk bor bunday atmosferaga duch keldim"

OCHL 5-turidan o'rin olgan OKMK – "Al Ittihod" uchrashuvidan so'ng olmaliqliklar himoyachisi Sardor Rahmonov fikrlarini bildirdi.

"Avvalambor, stadionga tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. So'nggi besh yil ichida ilk marotaba ko'plab tomoshabinlar bilan jozibadorlik kasb etgan o'zgacha atmosfera guvohiga aylandim. Bugun jamoaviy uslubda yilning eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdik. 0:9 hisobidan keyin ko'plab tanqidlarga duch keldik. Futbolda bunday hodisa bo'lib turadi, bunga bahona keltirmoqchi emasman. Bizga eng katta kuchni stadionni to'ldirgan ishqibizolar berishdi. 

Benzemadek yulduz futbolchilarni quriqlash mobaynida dastlab hayajon bo'ldi. SHunga qaramay, bunday o'yinchilarga qarshi ikki hissa ko'proq kuch bilan maydonga chiqasiz. Ular chindan mohirona o'yin namoyish etishadi. Biroq hayajonni engib, imkon darajasida qarshilik ko'rsatdik. 

Hozirgi holatda chempionatda muhim uchrashuv bizni kutib turibdi, undagi g'alaba sovrindorlar qatoridan o'rin olishimizni taminlaydi. Biroq bugunga qadar bu haqda o'ylaganimiz yo'q. "Al Ittihod"ga qarshi bahsda tomoshabinlar soni ko'p bo'lishini bilardik, shu bois ularga manzur bo'ladigan o'yin namoyish etishga harakat qildik. "Nasaf"ga qarshi bellashuv haqida endi bosh qotiramiz. Xudo xohlasa, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. 

Xorijdan takliflar kelmoqda. Biroq klub bilan 31 dekabrga qadar shartnomam bor, kelajagim to'g'risida keyinroq o'ylab ko'raman", – dedi 29 yoshli futbolchi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика