So’nggi yangiliklar

01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  3 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  5 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  3 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  33 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  20 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  12 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  64 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  307 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  6

Sardor Eminov: "Yaxshi niyatlar bilan "Neftchi"da faoliyat boshladim" Yangiliklar

Sardor Eminov: "Yaxshi niyatlar bilan "Neftchi"da faoliyat boshladim"

O'tgan yili Farg'ona viloyatining yana bir jamoasi “Qo'qon-1912”da o'ynagan Sardor Eminov oliy liga-2016da “Neftchi” jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'tgan yili yarim himoyachi qo'qonliklar safida yorqin o'yin namoyish etganini aytib o'timishiz joizdir.

Oliy liga-2015da Eminov Qo'qon jamoasining muhim gollarining kiritilishida katta hissa qo'shdi. 28 yoshli yarim himoyachi maydonda hujumkorligi bilan ham ajralib turadi. Umid qilamizki, Sardor yangi mavsumda “Neftchi” jamoasiga hali ko'p naf keltiradi va ishqibozlarning sevimli futbolchisiga aylanadi. Biz esa “Neftchi” mashg'ulotlaridan so'ng futbolchini suhbatga tortdik.

- Sardor, Andrey Vitalevich qo'l ostida shug'ullanishni boshlaganingizga ancha bo'lib qoldi. Dastlavval "Neftchi" jamoasiga kelish jarayoni haqida malumot bersangiz?
- Ochig'i, mavsum yakuniga etganidan so'ng ko'plab jamoalar takliflar bo'ldi deb ayta olmayman. SHundan so'ng Andrey Vitalevich menga aloqaga chiqdi va "Neftchi"  jamoasiga taklif qildi. Nasib qilsa, yangi mavsumda "Neftchi" jamoasi sharafini himoya qilishni boshlayman. Yaxshi niyatlar bilan, klubda faoliyat boshladim. Jamoada meni yaxshi munosabatda qarshi olishdi. Fyodorov murabbiyligida qizg'in mashg'ulotlar kechmoqda. SHuningdek, jamoa qarorgohida futbolchilarga yaratib berilgan sharoitlar ham menga manzur bo'ldi.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?
- Birinchi o'rinda jamoa rahbariyati bizning oldimizga qo'ygan vazifani bajarishga va xar bir uchrashuvlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Yaxshi bilasiz, "Neftchi" muxlislari juda talabchan...
- To'g'ri, "Neftchi" muxlislari o'z jamoalariga juda sodiq va shu bilan birga talabchandir. Umid qilamanki, ular bizni yangi mavsumda hamisha qo'llab-quvvatlab turishadi. Bu biz futbolchilar uchun muhimdir.


Futbolchi haqida malumot.
Ismi-sharifi: Sardor Arabovich Eminov.
Tug'ilgan sanasi va joyi: 1987-yilning 28 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tug'ilgan.
Ampulasi: Yarim himoyachi
Birinchi murabbiyi: Abdujalil Voxidov
O'ynagan jamoalari: "To'palang", "SHo'rchi-Lochin", "Regartatos" (Tojikiston), "So'g'diyona" va "Qo'qon-1912".
Muxlislik qiladigan jamoasi: "Manchester Yunayted"
 
“Neftchi” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика