So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  1 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Levchenko: "Nega g'alabani muxlislar bilan nishonlamayman? Barchasi o'yindagi asab va ruhiy charchoq sabab" Yangiliklar

Levchenko: "Nega g'alabani muxlislar bilan nishonlamayman? Barchasi o'yindagi asab va ruhiy charchoq sabab"

Superliga 22-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- O'yin qiyin bo'ldi. Uchrashuvni ajoyib boshladik va gol urdik. Afsuski, keyin tezda gol o'tkazib yubordik. Shundan so'ng to'p maydon markazida bo'lmadi. Har ikki jamoa ham gol urishi mumkin edi. Bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan jamoamizning bosh direktorini ham tabriklab qolaman.

- O'yin ajoyib bo'ldi, biroq muxlislarni bir savol qiziqtirmoqda. Nima uchun jamoa g'alaba qozonganidan so'ng jamoa bosh murabbiyi muxlislar oldiga kelib, g'alabani nishonlamayapti?

- Bu muxlislar bilan bog'liq sabab emas. O'yin davomida biz juda qattiq hayajonda va asabda o'tiramiz. Men yana bir bor aytaman. Biz faqatgina muxlislar uchun o'ynaymiz. Bu g'alaba ularga bag'ishlanadi. Ular biz uchun doim qayg'urishadi. Shu sababli, ular mendan hafa bo'lmasliklarini so'rab qolaman. O'yin davomida juda ko'p ruhiy charchoq bo'lganidan so'ng bahs yakunidan so'ng tezda tinchroq joyga boraman.

- Ilk turda ham, uyda ham "Dinamo" mag'lub etildi. Shu haqda nima deya olasiz?

- Hozirda o'yinni chuqur tahlil qilish emas, balki normal psixologik holatga kelib olish kerak. Ikki jamoa ham bir-birining kuchli jihatlarini o'rgandi. Aytgancha, raqib bitta ajoyib qarshi hujumni uyushtirdi va himoyamizni yorib o'tdi, shunday ekan biz ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor.

- Tarmoqlarda "Aziya Sport" deb nomlangan sahifa bor. Unda Tojikiston uchun eng yaxshi murabbiy tanlash bo'yicha so'rovnoma o'tkazildi va unda 64% ovoz oldingiz. Siz Tojikistondagi eng zo'r murabbiymisiz?

- U erda shunday lavozimda ishlayotgan va ajoyib natijalarga erishgan hamkasblarim bor. Ular o'smirlar terma jamoasi bilan JCHga yo'l olishdi. Muxlislarning qo'llovi sabab shunday ovoz berish jarayoni bo'lgan, ammo u erda munosib murabbiylar bor. Boshqa tomondan, muxlislar va jurnalistlar sening nomzodingni tanlagan holda qo'llab-quvvatlashi yoqimli.

- Bugun hujumda yosh Shaxzod Nematjonovga ishonch bildirdingiz. U qanchalik sizning umidingizni oqladi?

- O'yinni kuchaytirdi. Aynan u orqali golli hujum boshlandi. Nematjonov ishonchni oqladi. U bundan buyog'iga ham ishlab, rivojlanishi kerak, aynan shu sabab uni jamoaga olganmiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
21 sen 18:25:11
Зоиржон Капаянги.
Кўпчилик Левченкони ёмонлашга ўтиб қолди. Бундай одамлар Гвардиолани мураббий қилиб қўйсангиз ҳам ғийбчт қилади Нефтчи Саркисяндан сўнг энди мураббийга ёлчиди. Левченкодан бошқа ҳар қандай мураббийни олиб келинг бундан ортиқ натижа бўлмайди. Омад Левченкога
+2   
21 sen 18:08:15
KVARTS DSS
Levchenko yaxshi murabbiy xa deb yomon demasdan Xudoga shukur qilaylik Paxtakordek jamoa 5-oʻrinda gʻing demay yuribti, tarkib kuchliligidan terma jamoa oʻyinchilari zaxiraga oʻtirishibti.
Kecha Vadim Karlenovich Abramov xam aytib oʻtdi,
Neftchida yaxshi murabbiy borligi uchun yuta olmadik deb. Vadim Abramov xam uncha muncha birovni maqtamaydi
+2   
21 sen 16:18:12
Google User
Levchenko hissiyotlarini ichiga yutadigan, ko'p gapirmaydigan, introvert murabbiy. Introvertlar juda aqlli bo'lishadi. Faqat uni fikriga jamoasi quloq solish kerak, xolos
   
21 sen 18:31:26
Аббосхужа
Google User foydalanuvchining fikriga javob berish
Levchenko hissiyotlarini ichiga yutadigan, ko'p gapirmaydigan, introvert murabbiy. Introvertlar juda aqlli bo'lishadi. Faqat uni fikriga jamoasi quloq solish kerak, xolos
introvert-мана шу сўзингизни маъносини қидириб топиб кўрдим, лекин ҳақиқатдан ҳам Левченконинг характерига айнан мос келаркан. Қойил сизга.
-3   
21 sen 16:03:01
Баходир Милан
Чунки мухлисларга уни ўйин услуби хам ўзи хам ёқмайди. Сени хамма ёмон кўради магазини Гайбулла ака хам.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика