So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  55 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Samvel Babayan: "Jizzaxda bundan-da yaxshiroq o'ynagandik" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Jizzaxda bundan-da yaxshiroq o'ynagandik"

Superliganing 15-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Dinamo" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Umuman olganda qiyin o'yin bo'ldi. Endi "Lokomotiv"ning oldida oson o'yinlar bo'lmaydi. Barcha raqiblar bizga qarshi o'zgacha kayfiyatda maydonga tushishmoqda. "Dinamo"ning oldingi o'yinini ham tomosha qilgandik. Bugungi bahs bilan solishtirsak, "Dinamo" ikki xil o'yin namoyish qildi. Ammo ko'proq etiborni men o'z jamoamga berishni istayman. Ruhiy tushkunlikdan chiqib olib, g'alaba qozongani uchun yigitlarga rahmat aytaman. O'yin davomida uzoq vaqt gol ura olmaganimiz uchun bugun bir necha vaziyatlarda biroz asabiylashdik. 

Etiborlisi, gollarni hujumga javob beradigan futbolchilar kiritdi. Endi biz ko'proq g'alabalarga erishib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. O'yin sifati va natijasi borasida hali anchagina ishlashimiz kerak.

- Jizzaxdagi mag'lubiyatdan keyin nimalarni o'zgartirishga harakat qildingiz?
- Agarda ushbu o'yinlarni solishtiradigan bo'lsak, biz Jizzaxda ko'proq vaziyatlar yarata olib, yanada yaxshiroq o'ynagandik. Vaziyatlardan gol kiritishda muammolarga uchrayapmiz. Ikkinchi bo'limda esa katta tashabbusga erisha olgandik. Etakchi jamoalar mag'lubiyatga uchraganidan keyin yigitlarni ruxlantirish qiyin bo'ladi. Mag'lubiyatlarga kam uchraydigan futbolchilarga kerakli so'zlarni topa bilish darkor. CHunki ular hali ko'p kurashishlari kerak.

- Bugun debyut o'yinidayoq gol kiritgan Medina Smitning o'yini haqida fikringiz.
- Uni davralar oralig'ida ijaraga oldik. Umuman olganda yosh bo'lsa ham anchagina iqtidorli va tajribali. U ikkinchi davrada "Lokomotiv"ga yanada yaxshiroq o'ynashi uchun yordam bera oladi.

Reyting: -142   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика