So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Динамо" – "Шўртан" 0:0 (матнли трансляция)  0 18:40Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" (матнли трансляция)  21 18:34ФИФА пенальти қоидаларини ўзгартиришни режалаштирмоқда  1 18:26Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  0 17:24Вольтемаде: "Бирор нарса қилиб, кейин "кечирасиз" дейиш футболнинг бир қисми эмас. Менга адолатли кураш ёқади"  4 16:56Суперлига. 24-турда ишловчи ҳакамлар маълум   0 16:40Мутолаа учун. Самарадорлик бўйича Фалькао ва Жирудан қолишмаган ҳужумчи фаолиятини якунлади  0 16:20Про лига. 16-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  0 15:51Руни: "Бу "Манчестер Юнайтед" эмас. Мен бу футбол клубини танимаяпман"  4 15:25МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 Беларусга ютқазди  4 15:05Биласизми? "Насаф" ўз уйида шу пайтгача Саудия Арабистони клуби билан икки марта ўйнаган  2 14:43"Навбаҳор" футболчиси шартномани бир тарафлама бекор қилди. Клуб бир неча ойлик иш ҳақи бўйича қарздор  15 14:22Калмурза: "Реал"га қарши бутун мамлакат учун ўйнаймиз"  4 13:55"Бунёдкор" "Қўқон-1912" билан муроса кўчасини танлаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:25Бир ўйин тарихи. 2006 йилга қайтамиз. "Ал Ҳилол"нинг Қаршига биринчи ташрифи қандай якун топган?   10

Salimjon Zokirov: “Neftchi” doim yuqori o'rinlarni ko'zlaydi” Yangiliklar

Salimjon Zokirov: “Neftchi” doim yuqori o'rinlarni ko'zlaydi”

15 dekabr kuni Farg'onaning “Neftchi” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Bu gal ham farg'onaliklar o'z oldilariga yuqori maqsadlarni qo'ygan holda mashg'ulotlarga kirishishdi. Jamoada qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi? “Neftchi”ning tayyorgarlik rejasi qanday? SHu va shu kabi savollarga javob topish maqsadida “Neftchi” PFK raisi Salimjon Zokirov bilan qisqacha suhbatlashdik.

– “Neftchi” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Muxlislarni jamoadagi o'zgarishlar qiziqtirayotgani tabiiy hol.  Tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?


– SHuni aytishim joizki, o'tgan mavsumda “Neftchi” sharafini himoya qilgan futbolchilarning aksariyati  jamoada qoladi. Aniqrog'i, jamoaning o'zagini saqlab qolamiz.

Qolaversa, tarkibni kuchaytirish uchun bir qator yangi futbolchilarni ham jalb etish ko'zda tutilgan.  Lekin safimizga qo'shilishi mumkin bo'lgan o'yinchilar borasida gapira olmayman.

– O'zbekiston terma jamoasi azosi Ignatiy Nesterovning Farg'onaga kelishi borasidagi gaplar yuribdi…


– Muxlislar ham mendan shuni so'rashmoqda. Ammo biz Ignatiy bilan aloqaga chiqqanimiz yo'q.

– Murabbiylar shtabida ham o'zrgarishlar yuz beradimi?

– Ha, murabbiylar shtabida o'zgarish bo'ladi. Bilasiz, katta murabbiy Murod Ismoilov “Qo'qon-1912” jamoasida ish boshladi. Sergey Lebedov oilasi bilan Moskvaga ko'chib ketgan. SHuning uchun Abdusamat Do'rmonovni “Neftchi”ga qaytarishga qaror qildik. Ammo uning qaysi vazifada faoliyat yuritishi bosh murabbiy Andrey Fyodorov kelgach, oydinlik kiritiladi. Balki yana birorta murabbiyni ishga olarmiz.

– So'nggi kunlarda matbuotda Aleksey  Evstafeevning Oliy liga debyutanti “Obod”ni boshqarishi borasidagi mish-mish-lar avj oldi. Uning “Neftchi” bilan tuzgan shartnomasi tugagani rostmi?

– CHindan ham Evstafeevning shartnomasi tugagandi. U bilan yangi bitim borasida kelishib oldik. Nasib bo'lsa, u faoliyatini yana “Neftchi”da davom ettiradi.

– Jamoaning tayyorgarlik rejasi xususida malumot bersangiz?

– Tayorgarlik jarayoni besh bosqichdan iborat. Birinchi yig'inimiz o'z qarorgohimizda 26 dekabrgacha davom etadi. Bunda asosan tiklanish jarayoniga etibor qaratiladi. Keyingi yig'in esa 4-14 yanvar kunlari yana Farg'onada tashkil etiladi. Ikkinchi yig'inga bosh murabbiy Andrey Fyodorovning o'zi etib keladi. Uchinchi yig'in Toshkent shahrida 15-28 yanvar kuni bo'lib o'tadi.  To'rtinchi yig'in 1-14 fevral kunlari o'z qarorgohimizda o'tkaziladi. Bu yig'in doirasida ananaviy  “Viloyat Hokimi Kubogi”da ishtirok etamiz. Fevral oyining ikkinchi yarmida xorijda yig'in o'tkazishni rejalashtirganmiz. Lekin bu borada hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.

– Bu yil ham mavsum yakunlariga bag'ishlan-gan tadbir o'tkazilishi rejalashtirilganmi?

– Yakuniga etgan mavsumni jamoamiz yomon o'tkazgani yo'q. Lekin Osiyo CHempionlar ligasiga chiqa olmaganimiz achinarli holdir.

26 dekabr kuni “Neftchi” futbolchilari uchun yil yakunlariga bag'ishlangan katta tadbir tashkil etamiz. SHundan keyin futbolchilarimiz yangi yil munosabati bilan qisqa tatilga chiqishadi.

– Yangi mavsumda jamoaning oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?

– “Neftchi” har doim o'z oldiga yuqori maqsadla-rini quyadigan jamoalar sirasiga kiradi.

Farg'onaliklar har doim yuqori o'rinlarni ko'zlaydi. SHunday ekan  har bir uchrashuvda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz.  Muxlislarimiz bizdan faqat  g'alabani kutishlarini yaxshi tushunib turibman. Jamoaning oldingi salohiyatini tiklash yo'lida qo'limdan kelgan barcha ishni bajaraman. Buning uchun bizda imkoniyat ham, shijoat ham etarli.

 
A. Dehqonov suhbatlashdi
“Futbol info” gazetasidan olindi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика