So’nggi yangiliklar

09:48Англия термасининг собиқ футболчиси ЖЧ учун Саудия Арабистонидан кетишни истамоқда  0 09:22"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 08:56"Барселона" президенти Мессининг қайтиши ҳақида фикр билдирди  8 08:31Чемпионшип вакили 3 миллиард евролик стадион қуради  2 07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  6 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  15 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  4 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  2 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2

"Sababi faqat boshda emas. Bu erda omillar majmuasi bor". Rossiyalik shifokor Oston O'runovning jarohatlari haqida gapirdi Yangiliklar

"Sababi faqat boshda emas. Bu erda omillar majmuasi bor". Rossiyalik shifokor Oston O'runovning jarohatlari haqida gapirdi

Rossiyadagi sport tibbiyotining etakchi mutaxassislaridan biri Eduard Bezuglov "Fint Turaeva" podkastida Oston O'runovning jarohatlari tabiati haqida to'xtaldi.

Rossiyalik mutaxassis O'zbekiston terma jamoasi tibbiyot xodimlariga JCH-2026 saralash bosqichining hal qiluvchi o'yinlarida yordam bergandi.

"Oston O'runovning jarohatlari Alan Zagoev va Arsen Zaxaryan duch kelgan jarohatlarga o'xshash degan fikrni eshitdim. Ikkalasi ham mushaklarning shikastlanishidan azob chekib keladi (Zaxaryanda haligacha shu muammo): ular bir marta mushakni "yirtib oldi", keyin esa qaytalandi va hokazo. Siz bunga rozimisiz?

Zagoevning ham, Zaxaryanning ham vaziyati biroz boshqacha. Ularda turli jarohatlar bor edi. Bu erda sababini izlash kerak: jarohatning xuddi shunday qayta-qayta takrorlanishi mumkin emas. Aytaylik, jarohat bor edi, futbolchi hech qaeri og'rimayotgani va u mashg'ulotga yoki hatto o'ynashga tayyorligini aytadi. Ammo nomutanosiblik saqlanib qolishi mumkin. Bunday pallada nomutanosiblik yo'qolguncha futbolchini reabilitaciya qilish kerak.

Sabablar turlicha bo'lishi mumkin. Bir jamoadagi futbolchi doimiy ravishda jarohat olgani, hech qachon jarohatdagilar ro'yxatidan chiqmagani, keyin boshqa klubga o'tib, barqaror o'ynay boshlaganiga kamida 20 ta misol keltira olaman. Bizda – CSKAda shunday futbolchi bor edi – braziliyalik Bruno Fuks. Hozir u o'z vatanida o'ynayapti, yaxshi statistikaga ega. U CSKAdagi ilk jarohatini zaxiradan maydonga tushib, raqib jarima maydonchasida burchakka yugurganida oldi. U yugurayotganda (shunda ham tez emas), son mushaklarini shikastladi. Bu kutilmaganda qabul qilib bo'lmaydigan jarohat. Bu boshidan nimadir noto'g'ri ekanligini anglatadi.

Tushunishimcha, bunday vaziyatlarda o'yinchilar qo'rqib qoladi. Har bir yangi jarohat keyingi safar, to'liq tiklanishdan keyin jarohat olish qo'rquvidir. O'yinchi "qo'zg'aladi", murabbiy unga doimo ishona olmaydi, chunki u asosiy guruh va lazaret o'rtasida kezib yuradi. Menimcha, Oston O'runovda aynan shu muammo bor. Ammo bu erda, albatta, omillar majmuasi bor – sabab faqat boshda deb aytolmaymiz.

O'zbekiston terma jamoasida bo'lgan vaqtimda aytishim mumkinki, u erda hamma narsa eng yuqori darajada. Futbolchilar mashg'ulotlar va o'yinlarga tayyorgarlik ko'rmoqda, ulardan so'ng tiklanish, barcha kerakli vitaminlarni qabul qilmoqda. Ishonchim komilki, O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi va tibbiy xizmati Oston O'runovning Jahon chempionatiga tayyor bo'lishi uchun bor kuch-g'ayratini ishga soladi", – dedi Bezuglov.


Eduard Bezuglov ishtirokidagi "Fint Turaeva" podkastining to'liq versiyasini havola orqali tomosha qilishingiz mumkin (rus tilida):

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика