So’nggi yangiliklar

14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  1 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  12 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  3 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  20 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0

Rustam Mirsodiqov: “Nasaf”dan bir ochko olish – yaxshi natija” Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: “Nasaf”dan bir ochko olish – yaxshi natija”

"Nasaf" - "Metallurg" o'yinidan keyingi matbuot anjumanida dastlab Rustam Mirsodiqov OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.
-Qarshida “Nasaf”dan bir ochko olish bu menimcha, yaxshi natija. Albatta o'yin oson bo'lgani yo'q,- deya gap boshladi mehmonlar ustozi. -  O'yinni cho'zdik? Yo'q men unday demagan bo'lardim. CHunki futbochlilarga har doim aytaman: bir daqiqagayam maydondan chiqdingmi, bu jamoa uchun yo'qotish. Raqib bundan foydalanishi mumkin. SHu bois futbolchilarimiz ataylab o'yin vaqtini cho'zish uchun maydonga yotib olishmadi.

-“Metallurg” odatda etakchi jamoalarga har doim jiddiy qarshilik ko'rsatadi...

-O'tgan turda “Neftchi” ham “Nasaf”ga qarshi yomon o'yin ko'rsatmadi. Demoqchi bo'lganim, “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Nasaf” singari kuchli jamoalarga qarshi har bir jamoa o'zini ko'rsatgisi keladi. Masalaning yana bitta tomoni, maydonning holati. Avvalgi turda safarda “Buxoro”ga qarshi o'ynadik. U erdagi maydon bilan Qarshidagi maydonni farqi juda katta. Maydonning holati ham bizga yaxshi o'ynash imkonini beradi... “Nasaf”ga qarshi albatta birinchi navbatda gol o'tkazmazligimiz shart edi va Qarshi hujumda imkoniyat bo'lishini kutdik. Bizda ham gol urish imkoniyati bo'ldi. Ammo bundan foydalana olmadik.

-Bugungi o'yini bilan dastlabki 4 turda mag'lub bo'lgan “Metallurg”ni tasavvur qilib bo'lmaydi. Oldingi turlarda jamoaga nima etishmagandi?
-Jismoniy tomondan jamoamizda muammo yo'q. Turkiyada yig'in o'tkazib, kuchli jamoalar bilan kuch sinashdik. Taqvim bo'yicha ilk o'yinni uyda o'ynashimiz lozim edi. Ammo malum sabablar bilan safarda o'ynadik. Samarqandda esa bizda vaziyat ko'p bo'ldi, ammo mezbonlar vaziyatdan unumli foydalanishdi. Buxoroda esa so'nggi daqiqalarda penaltini aniq amalga oshirolmadik va alamli mag'lubiyat. Futbolda shunaqasiyam bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика