So’nggi yangiliklar

22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  0 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  0 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  4 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  3 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  19 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  2 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  9 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  25 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  28 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  45 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  18 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  2

Rustam Do'rmonov: "Hakamlar haqidagi gaplar bo'lgan va bo'laveradi" Yangiliklar

Rustam Do'rmonov: "Hakamlar haqidagi gaplar bo'lgan va bo'laveradi"

O'zbekiston Birinchiligining 4-turidan o'rin olgan "Xotira-79" - "Yozyovon-Lochinlari" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Rustam Do'rmonovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Ochig'i, "Yozyovon-Lochinlari"ga qarshi o'yin "og'ir" o'tdi. Bunga bir qator sabablar bor. Xususan, biz o'tgan turda "Cementchi" bilan bo'lgan bellashuvda katta kuch yo'qotgandik. Futbolchilar bu o'yindan keyin o'zlarini tiklab olishga ulgurishmadi. Natijada "Yozyovon-Lochinlari"ga qarshi bahsda o'zimiz xohlagan o'yinni namoyish qila olmadik. Bosh murabbiy sifatida jamoamning o'yini menga manzur bo'lgani yo'q. Ammo aytishim kerak, raqib menda iliq taassurot qoldirdi. Rosti, mehmonlardan bunday o'yin kutmagandim. Ajoyib jamoa shakllanibdi.

Hakam haqidagi gaplar doim bo'lgan va bo'laveradi. Men hakamlarning ishiga aralashmayman. "G'ijduvon" bilan bo'lgan o'yinimizdan keyin ham kaminadan hakamlar haqida so'rashgan edi. O'shanda ham gapirmasligimni aytgandim. Bugun ham shu fikrimda qolaman. Hakamlarning ishini muhokama qilish bizning ish emas. Agar shunday qilsak, nima qilamiz futbolda ishlab?! "Yozyovon-Lochinlari" azolariga hakamlarning qarorlari yoqmagan bo'lishi mumkin. Bu tabiiy hol. Biroq gollarimiz "toza" kiritildi. Balki ularga qoida buzilishlardagi qarorlar yoqmagandir? Yana qaytaraman, men jamoamning o'yinidan qoniqmadim. To'g'risi, shu kuni bizga ko'proq omad kulib boqdi. Ammo birinchi g'alaba qo'lga kiritilganidan xursandman, - deydi Do'rmonov.

Furqatbek Nishonov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика