So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  101 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Ruslan Roziev: "Zenit" kabi kuchli raqiblar bilan o'yinlar har doim foydali" Yangiliklar

Ruslan Roziev: "Zenit" kabi kuchli raqiblar bilan o'yinlar har doim foydali"

"Paxtakor" jamoasi bugun xorij yig'ini doirasidan o'rin olgan ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasiga qarshi kechgan o'yinda "sherlar" yirik hisobda(0:3) engilishganiga qaramasdan ishonchli harakat qilishga intilishdi. Bosh murabbiy Piter Xyuistra ikkinchi bo'limda bir qator yosh futbolchilarga imkoniyat taqdim etdi. SHulardan biri bo'lgan Ruslan Roziev ushbu bahsdan so'ng saytimizga qisqa fikrlarini bildirdi. 


"Bunday yuqori darajadagi jamoalarga qarshi to'p tepish doim yoqimli bo'lgan. Ikkinchi bo'limda asosiy tarkib uchun kurashayotgan yosh futbolchilar maydonga tushirildi. "Zenit" kabi kuchli raqiblar bilan o'yinlar har doim foydalidir. Yaxshi taassurotlar qoldi, deya olaman.

Maydonga tushishimizdan oldin murabbiy birinchi bo'limdagidek ko'rsatma berdi. Faqat ishonchli harakat qilishimizni aytdi, xolos. Keyingi uchrashuvni Moskvaning "Spartak" jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Bu jamoa o'tgan yilgidan kuchaygan. O'shanda men Rossiyadagi o'yinda ishtirok eta olmagandim. Umid qilamanki endigi safar Tedesko shogirdlariga qarshi maydonga tushish nasib qiladi. Albatta, birinchi o'rinda revansh olish so'ng g'alaba qozonish uchun to'p tepamiz. Mazkur uchrashuvdagi g'alaba nafaqat biz, balki, butun O'zbekiston uchun zavqli bo'ladi",- deydi Ruslan Roziev.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика