So’nggi yangiliklar

15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  0 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  1 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  1 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  6 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  17 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  19 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  8 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  0 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  2 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  2 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  2 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  3 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2

Rubin Xebay – Albaniya terma jamoasi, Evro-2024, CHeran va takliflar haqida Yangiliklar

Rubin Xebay – Albaniya terma jamoasi, Evro-2024, CHeran va takliflar haqida

Bu yilgi Superliga to'purarlar poygasi avvalgi yillarga nisbatan kurashga boy bo'ldi.

Quvonarli jihati, Dragan CHeranga raqobatchi topildi. Mavsum boshida "Andijon" safiga kelib qo'shilgan albaniyalik Rubin Xebay 12 ta gol bilan CHerandan keyingi o'rinni egalladi. Xebay mavsum yakunlari va keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi. 

"Andijon" bilan yaxshi mavsum o'tkazdim. Jamoa meni ilk kunlardanoq yaxshi qarshi oldi va mavsum davomida qo'llab-quvvatladi. Har bir o'yinda foyda keltirishga harakat qildim. Qo'limdan kelganicha yordam berdim. Yakunda to'purarlar poygasida yanada yaxshiroq natija qayd etishim mumkin edi. CHeran esa mening do'stim. Uning uchun xursandman va omad tilayman. 



Takliflar, keyingi rejalarga to'xtalsam, agentim barchasini ko'rib chiqmoqda. Yakuniy qarorni u bilan birga maslahatlashgan holda qabul qilaman. "Andijon"ga hurmatim baland. Barchasini vaqt ko'rsatadi. 

Andijonlik muxlislar faoliyatimdagi eng yaxshilaridan. Ularning qo'llab-quvvatlashi tufayli shunday natijalarga erishdik. Ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman. 

Albaniya terma jamoasi Evropa chempionatida ortga chekinmaydi. Turli yosh toifasida birga o'ynagan do'stlarim bor. Guruhimizdan kuchli raqiblar bor, lekin ilojsiz narsaning o'zi yo'q. 

Braziliyalik murabbiy Albaniya terma jamoasida yaxshi ishlamoqda. Albaniya o'z guruhida birinchi o'rinni egallagani bunga isbot bo'la oladi. Evropa chempionatida ham o'zlarini ko'rsatishiga ishonchim komil", – dedi Xebay.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика