Ro'ziqul Berdiev: "CHempionatda hech qanday maqsad qolmagan"
22 noy 21:35
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "CHempionatda hech qanday maqsad qolmagan"
- Qizil kartochkaga qadar barchasi reja asosida ketayotgandi. SHundan keyin ko'p narsa o'zgarib ketdi. Bu orqali tashabbus maydon egalariga o'tib ketdi. Ular vaziyatlaridan unumli foydalandi. Ikkinchi bo'lim boshidagi xatodan keyin "Neftchi"ning maqsadi engillashdi. Bir kishi kam bo'lib 80 daqiqa o'ynash istalgan jamoa uchun og'irlik qiladi. SHunga qaramay biz qarshilik ko'rsatishga harakat qildik. Qarshi hujumlarda o'z vaziyatlarimizni kutdik, lekin bularni golga aylantira olmadik. Raqiblarni g'alaba bilan tabriklayman. Mavsum yakuni bo'lishiga qaramasdan ikkala jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman.
- Yaqinda Samvel Babayan o'z intervyusida agarda "Navbahor"da ishlaganimda "Nasaf"ga chempionlikni osonlikcha bermasdim, deb aytdi yoki chempion bo'lganida ham osonlikcha qo'lga kiritmasdi deb takidladi. Samvel Babayanning gaplariga qanday reakciya qildingiz?
- To'g'risi, bu gaplarni eshitmadim. Sizdan eshityapman. Bu gaplarni muhokama qilmoqchi emasman. Menimcha "Navbahor" birinchi davradagidan ko'ra, hozirgi murabbiy bilan yaxshiroq futbol o'ynayapti. U Kubok finaliga jamoani olib chiqdi, ruhan qiyin holatda jamoada ishladi. Eski murabbiylar ketgan vaqtida "Navbahor" pastroqda edi.
- CHempionlik bilan tabriklayman. Milliy terma jamoaga bosh murabbiy bo'lsangiz, "Nasaf"ga o'xshagan jamoa tuza olasizmi?
- Bugungi o'yindan ancha chetga chiqib ketyapmiz. Avvaliga Samvel Babayan, endi terma jamoa. Milliy jamoamiz yaxshi natija ko'rsatmoqda. Bu tarkib bilan termamiz jahon chempionatiga chiqadi. Bunga ishonaman. Murabbiy sifatida men uchun klubda ishlash osonroq. CHunki har kun futbolchilar bilan bo'lasiz va qarashlaringizni singdirishingiz oson. Bu muhokama qilinmaydi, terma jamoa haqida gaplashmoqchi emasman. Hozir termaga borib, bunday jamoa tuzishga qurbim ham etmaydi. Termamizga ishonaman, ularni doim qo'llab-quvvatlaymiz. Yaxshi o'yin ko'rsatishyapti. Hozirgi holat ham yomon emas. Barchasi o'z qo'limizda. Kechirasizlar, terma jamoa va Samvel Babayan haqida gaplashmaylik. Ishtiyoq haqida gapirdingiz. Superkubokni qo'lga kiritdik. CHempionlikka katta maqsad qo'ydik. Asosiy etiborimiz shu edi. Masalan, uchta kubokni olib, OCHLda guruhdan chiqa olmasak ham hech kim bizga hech nima demasdi. CHunki maqsad chempionlik bo'lgandi. CHempion bo'lgandan keyin futbolchida pasayish bo'ladi. Bu tabiiy holat. Hamma sohada bor bu. Undan tashqari, bugungi o'yinda biz ayrim futbolchilarga ha imkoniyat berdik. Xursandmiz, kimlargadir imkoniyat, tajriba beryapmiz. Bu o'yinga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik va tarkibni ham aniqlab olgandik.
- Tarkibda 2004-2005 yilda tug'ilgan futbolchilarning borligi bizni quvontiradi. "Nasaf"da hali kashf qilinishi kerak bo'lgan futbolchilar bormi? Yosh iqtidorlar "Nasaf"da qoladimi yoki kattaroq jamoalarga berib yuboriladimi?
- Hali "Metallurg" bilan o'yinmiz bor. O'sha uchrashuvda ham yoshlarga imkoniyat beramiz. Lekin 27 noyabr kungi o'yinga jiddiy yondashamiz. Kichik imkoniyat uchun ham kurashamiz. CHempionat o'yinlarida bizga hech nima kerak emas. Bunday paytda kimlarnidir ko'rib olishimiz kerak bo'ladi.
- "Nasaf"ga kelgan legionerlar qanchalik o'zini oqladi? Kelasi yili tarkibda yangilar bo'ladimi?
- Legionerlar orqali ichki raqobatni kuchaytirishimiz kerak edi. O'tgan safar aytgandim, legionerning olib kelinishi qaysidir mahalliy futbolchiga tasir qiladi. Biz asosiy maqsadimizga erishdik. Endi qaysidir futbolchilarga rahmat aytamiz. O'zgarishlar bo'lishi esa aniq. CHunki klub rejalarida kelasi yili ham yaxshi jamoa shakllantirish bor.
- Sizningcha chempionat qanday o'tdi?
- CHempionatimizda yaxshi jamoalar ko'proq bo'ldi. O'rtadagi jamoalarni olsangiz "Dinamo" yoki "Surxon" jamoalari ham peshqadamlarga muammolar tug'dirdi. Turnir jadvalining pastki o'rinlaridagi jamoalar bilan o'yinda ochko yo'qotgan paytlarimiz ham bo'ldi. Bu esa jamoalar kuchayayotganidan dalolat. Oldinlari tushib ketadigan va etakchi jamoalar tezda ajralib qolardi. Lekin hozir 2-o'rin uchun 5ta jamoa davogarlik qildi. Tushib ketmaslik uchun ham 4ta jamoa kurashmoqda. Bu esa raqobatbardosh jamoalarning ko'paygani va chempionatimiz saviyasi oshganidan dalolat. Bu mening fikrim.
Fikrlar