So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Ro'ziqul Berdiev: "O'zimni maqtashga ruxsat berasiz..." Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "O'zimni maqtashga ruxsat berasiz..."

OCHL "C" guruhining 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Vasl" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.

"Nasaf" ustoziga matbuot anjumanida "Nasaf" - "Al Vasl" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Aziz G'aniev hamroxlik qildi.

Ro'ziqul Berdiev: "Muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklaymiz. OCHLda g'alabalar osonlikcha qo'lga kiritilmaydi. Bugun yigitlar juda mashaqqatli ishni bajarishdi. Bugun raqibga o'yin bo'yicha hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Ularni birgina darvoza tomon tepgan zarbasini inobatga olmasak, qolgan vaziyatlarda deyarli hech narsa qila olishmadi".

Saydullo Rahmatov jamoamizga kelganidayoq o'zini ko'rsatgandi. Orada jarohat uni raqobatda Sayfievga yutqazishiga sababchi bo'lgandi. Biz unga ishonishda davom etamiz.

Guruhda kuchli jamoalar yig'ilgan va OCHLda o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi. Biz kelasi uchrashuvlarda ham shunday ishtiyoq va bundanda kuchliroq o'ynasakkina muvaffaqiyat qozonishimiz mumkin. Agarda "Persepolis"ga qarshi bahsdagidek harakat qilsak, unda uzoqqa bormaymiz. Garchi bugun g'alaba qozongan bo'lsakda kamchiliklar ko'zga tashlandi. Ushbu g'alabadan havolanib ketmaslik lozim. 

Tez orada Superliga o'yinlari start oladi. Birinchi turda "Neftchi"ga qarshi jiddiy bahs kutmoqda. Keyin esa oradan to'rt kun o'tib "Al Sadd"ga qarshi muhim bellashuv bo'ladi. Joriy mavsum jamoamiz uchun nihoyatda og'ir kelishi mumkin. "Neftchi" bilan o'yin ham qiyin o'tadi. CHunki Farg'onada yangi kurashga chanqoq jamoa shakllanmoqda. SHuningdek, farg'onalik ishqibozlar ilk uchrashuvda stadionni to'ldirishlariga shubha yo'q.

Futbolda har qanday holat yuz berishi mumkin. To'g'ri, hujumda raqobat yo'q. Biz imkon qadar tarkibimizga yana bir hujumchi va markaziy yarim himoyachi qo'shib olishga harakat qilgandik. Xususan "Mashal"dan Humoyun Murtazoev hamda Sardor Abduraimovni jalb etishni istagandik. Ammo "Mashal" ushbu futbolchilarni bizga berishni istamadi. Biz Murtazoev va Aburaimovni transfer huquqini sotib olish taklifi bilan chiqqanimizda ham muborakliklardan rad javobini oldik. Qolgan hujumchilarning harakati esa bizga maqul kelmadi. Nailoj, boshqa chora yo'q. Endi ichki zaxiradan maksimal foydalanishga harakat qilamiz.

Aziz G'aniev "Nasaf"da mening vorisim bo'lishi mumkinmi? SHu erda o'zimni maqtashga ruxsat berasiz. G'aniev hali futbolchi sifatida Ro'ziqul Berdiev darajasiga chiqqani yo'q. Lekin uning ustunligi ko'p. Men istardimki, Aziz kelajakda mendanda kuchli futbolchi bo'lsin. Unda buning uchun barcha narsa etarli. Men "Nasaf"ning asosiy tarkibiga 22-23 yoshimga kirganman. Aziz G'aniev esa 18 yoshidayoq asosiy tarkib futbolchisiga aylangandi. Aytmoqchi bo'lganim, potencial jihatidan Aziz G'anievda katta zaxira mavjud. Muhimi, futbolchi ishlashdan, mehnatdan to'xtab qolmasligi kerak.

Xavini kelishi? Ushbu futbolchini to'xtatish qiyin. Umuman hozirgi paytda Xavi maydonda ko'p ham yugurmaydi va uni to'xtatishga hojat ham yo'q. "Al Sadd" bilan uchrashuvda Xavini hech kim to'xtatib qolmasa ham, o'yinda "Nasaf" g'alaba qozonsa bas. Xavi bilan birga maydonga o'ynashning o'ziyoq juda katta motivaciya futbolchi uchun. Har qanday futbolchi maydonga tushganidan keyin futboldan zavq olib o'ynashi kerak. Inson o'zi qiladigan ishni sevib bajarsagina muvaffaqiyat qozonadi.

O'ylaymanki, Xavi keladigan uchrashuvda qor yoki yomg'ir yog'sa ham stadion to'ladi, deb o'ylayman. Bizning eng ishongan tayanchlarimiz muxlislar doimo qo'llab-quvvatlashlariga muhtojmiz. Agarda ular bizga dalda bo'lib olqishlab turishsa, unda har qanday raqib bilan o'ynash mumkin.  

Aziz G'aniev: "Raqibni yaxshi o'rgangandik va murabbiylarimiz ularni bo'sh nuqtalarini bizga uqtirishgandi. Umuman o'yinda katta tashabbus bilan o'ynadik va haqli ravishda g'alaba qozondik. Stadionga kelgan muxlislarga ajoyib qo'llab-quvvatlash uchun rahmat aytaman. Raqib ko'p asabiylashdi? Hujum qilolmaganidan keyin har qanday jamoa asablarini jilovlay olmay qoladi. Biz butun o'yin hujum uyushtirdik, ular esa himoyada mashg'ul bo'lishdi. SHu uchun ham raqib ko'p asabiylashgan bo'lishi mumkin. 

Xavini kelishi bizni qo'rqitmaydimi? Yo'q. Biz maydonda har doimgi ishimizni qilishimiz lozim bo'ladi. Raqobat yo'qligi meni bo'shashtirib qo'ymaydimi? Yo'q. Meni shiorim doim mehnat va ishlash. Futbolchi bo'shashishni hayoliga ham keltirmasligi lozim. Aks holda uning maydondagi o'rni yo'qolib qolishi muqarrar".

Reyting: +140   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика