So’nggi yangiliklar

14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  1 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  12 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  3 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  20 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0

Ro'ziqul Berdiev: “Nasaf” oltin medal uchun kurashdan chiqib ketmadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Nasaf” oltin medal uchun kurashdan chiqib ketmadi"

"Nasaf" - "Metallurg" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
-Natija salbiy bo'ldi, og'ir o'yin bo'ldi. Raqibimiz yaxshi himoyalandi. SHuningdek, hujum chizig'i vakillari o'z vazifalarini bajara olishmadi. O'yin oxirlarida futbolchilarimiz gol urish uchun ko'proq asabiylashishdi.  Biz muhim ikki ochkoni yo'qotdik. Raqibimiz ko'proq himoyada harakat qilishdi. Ular menimcha, durang uchun maydonga chiqishgandi va bunga erishishdi. Lekin bu futbol. CHempionat davom etadi. Yo'qotilgan ochkolar o'rnini keyingi o'yinlarda to'ldirishga harakat qilamiz.

-Ushbu o'yindan keyin “Nasaf” oltin medal uchun kurashdan chiqdi, deb o'ylaysizmi?
-Yo'q. Bu fikrga qo'shilmayman. CHunki mavsumni katta qismi oldinda. Hamma jamoada yo'qotishlar bo'ladi. Yuqori o'rin uchun kurashamiz va buning uchun har tomonlama tayyor bo'lishimiz lozim.

-Mavsum boshida jamoa safiga kuchliroq hujumchi taklif etish mumkinmidi. CHunki bugun maydonga tushgan hujum chizig'i vakillari ishonchni oqlay olishmayapti...

-Biz albatta, tarkibda kuchli futbolchilar bo'lishini xohlaymiz. Ammo kuchli futbolchini jalb etishga imkoniyatimiz etmaydi. Buni to'g'ri tushunishlaringizni istardim. SHu bois mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun harakat qilayapmiz. Bugun qolaversa SHomurodovning yo'qligi ham sezildi.Ilhom bilan birga Taran va Gadoevlarning tezroq safga qaytishiga umid qilib qolamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика