So’nggi yangiliklar

00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  0 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  32 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  169 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4

Ro'ziqul Berdiev: "Mavsumning qaysidir qismida 12 ta mag'lubiyatsiz seriya qayd etayotgandik, hozir esa ketma-ket to'rtta mag'lubiyat. Juda hunuk holat" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Mavsumning qaysidir qismida 12 ta mag'lubiyatsiz seriya qayd etayotgandik, hozir esa ketma-ket to'rtta mag'lubiyat. Juda hunuk holat"

OCHL-2 musobaqasi beshinchi turida "Kuvayt SK" jamoasiga imkoniyatni boy bergan "Nasaf" klubi ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

– O'yin haqida fikringiz qanday?

– Rekordlarni qayd etishda davom etyapmiz. Mavsumning qaysidir qismida 12 ta o'yinda mag'lub bo'lmagan edik. Hozir esa qatorasiga to'rtinchi mag'lubiyatni qabul qilib olyapmiz. Menimcha, bunaqasi tarixda bo'lmagan. Juda hunuk holat. CHempionlikdan so'ng jamoada bo'shashish bo'lishini kutgandim, lekin bu qadar bo'lishini o'ylamagandim. Barchasiga murabbiy aybdor hisoblanadi. Yigitlarni qanchalik ruhiy tayyorlamaylik, yakunda shu kabi holat sodir bo'lyapti. O'zimiz ham buni kutmagandik. O'yinga kelsak, boshida barchasi joyida edi. Ustunlik biz tomonda edi, ammo keyin barchasi teskarisiga aylanib ketdi. "Al Husayn"ga qarshi ham shu kabi holat qayd etilgandi. Bu faqat ruhiy jihatga bog'liq. Oddiy xatolar bilan raqibni ruhlantirib yubordik. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida ikkinchi golimizni urganimizda, balki g'alaba qozongan bo'lardik. Raqib esa yaxshi himoyalanadi.

– Raqib jamoa murabbiyi Marko Stanoevich asosiy tarkibda bo'lishini kutganini takidladi. Marko nega dastlabki daqiqalardan o'ynamadi?

– Bizda 20 nafar o'yinchi bor. Eng kuchlilari maydonga tushadi. Bitta futbolchiga to'xtalmoqchi emasman. Har o'yinda eng yaxshi tarkibni qo'yishga harakat qilamiz.

– Abduvohid Nematovning qizil kartochkasi haqida fikringiz qanday?

– O'sha vaziyatda biz hujum uyushtirishimiz kerak edi, ammo kerak bo'lmagan joyda to'pni yo'qotdik. Raqibning to'rt nafar futbolchisi oldinga o'tib ketdi. Abduvohid esa vaziyatni qutqarmoqchi bo'lib, folga bordi. O'yinda VAR yo'q, balki videotakror bo'lganda ushbu vaziyatni ko'rib chiqardi. Asosiy ayb o'zimizda, vaziyat Nematovning foligacha bormasligi kerak edi. 

– Guruhdagi keyingi holatni qanday tasavvur qilyapsiz?

– Guruhdagi holatimiz o'ta og'ir. Bu turnirda omadsiz ishtirok etdik deya olaman. 

– "Nasaf" ushbu mavsum hujum chizig'ida o'zgarishlarga ehtiyoj sezyapti deb o'ylaysizmi?

– Bu masalani o'tgan yili ham ko'rib chiqqandik. Hujumchilarimiz biz kutganchalik barqaror bo'lmadi deb o'ylayman. Keyingi yil klub o'z imkoniyatga qarab ushbu masalaga yondoshadi.

– "Nasaf"ning terma jamoadagi o'yinchilari klubda o'sha darajada harakat qila olmayapti. Bunga sabab nima?

– Milliy jamoada SHerzod ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. SHu bilan birga, Bobir ham. Biz SHerzodga imkoni boricha dam berishga harakat qilyapmiz. Oybek yo'q paytda SHerzod hujumga uncha ham ko'p qo'shilmaydi. Oybekning yo'qligi ham SHerzodga tasir qildi, shekilli. Bozorovning esa kichik jarohati bor. O'yinga tayyormasligi malum bo'ldi.

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика