So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  5 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Ro'ziqul Berdiev: “Jasur Hasanov qo'shimcha yuklamalar olayapti” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Jasur Hasanov qo'shimcha yuklamalar olayapti”

“Nasaf” – “Dinamo” (3:0) uchrashuvi yakuniga etgach, tashkil etilgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida “Nasaf” ustozi Ro'ziqul BERDIEV ishtirok etdi va o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

-“Dinamo” jamoasini o'rganib chiqqanimizda shu narsaga amin bo'ldikki, bu jamoa himoyada juda tartibli harakat qiladi. Mehmonlarimiz avval beshta himoyachi bilan ham o'ynaganini kuzatganmiz va xatoga yo'l qo'yishmagandi. Bugun ham biz ulardan shunday o'yin kutgan edik, ammo bugun unday bo'lmadi. Tezkor gol kiritganimizdan keyin bizni vazifamiz ancha engillashdi. Bugun yigitlarimiz zavq bilan o'ynashdi, o'ylaymanki bu muxlislarimizga ham manzur bo'ldi.

Jasur Hasanov qanday qilib sakson daqiqa tezkor o'ynayapti? Jasur Hasanov “Qizilqum” jamoasida qanday shug'ullanganidan xabarim yo'q. U bizning safimizga qo'shilganda, jismoniy holati ko'ngildagidek emas edi. Biz unga qo'shimcha mashg'ulotlar va  yuklamalar berdik. Maqsadimiz uning jismoniy holatini yaxshilash edi. CHunki u jismoniy tomondan tiklansa, undan ko'p narsa kutsa bo'lar edi. Foydasi ko'proq bo'lardi. Natijada bunday mashg'ulotlar va yuklamalardan so'ng u biz kutgan darajaga erishdi. U qanchalik biz uchun foydali o'yinchiga aylanganini ko'rib turibsiz.

Mavsumning so'ngi o'yinlarini nega sust o'tkazamiz? Agar fikringiz to'g'ri bo'lsa, bu holatni takrorlamaslikka harakat qilamiz. To'g'ri, mavsum oxirida yuqori o'rinlar uchun kurash keskin tus olayapti. Biz ham oxirigacha kurashamiz.

“Mashal”ga qarshi uchrashuvga qanday tayyorlanamiz? Biz bo'lajak o'yinga bugun o'yindan keyinoq, kiyinish xonasidan boshlab yubordik. To'g'ri, “Mashal” biz bilan doimo qattiq kurashadi va bunga jiddiy tayyorgarlik ko'radi. Bizni doimo ular asosiy raqib sifatida ko'radi. Bilamiz, bizga oson bo'lmaydi. SHuning uchun endi bor etiborimiz shu o'yinga qaratiladi.

Keyingi o'tkazgan uchrashuvlarimizda bizga jiddiy qarshilik qilgan jamoa, bu “Dinamo” bo'ldi. Hisob yirik bo'lgan bo'lsada, ularni mag'lub etishimiz qiyinroq bo'ldi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика