"Ayntraxt" Ekitikeni "Liverpul" taklif qilgan summaga sotmadi
17 iyu 20:53
Yangiliklar
"Ayntraxt" Ekitikeni "Liverpul" taklif qilgan summaga sotmadi
"Liverpul" Ugo Ekitike borasida "Ayntraxt"ga taklif jo'natdi.
"The Athletic" malumotiga ko'ra, Mersisayd klubi hujumchini 80 million evroga sotib olishga tayyorligini bildirgan.
Biroq Fabricio Romanoning aytishicha, Frankfurt klubi bu taklifga rad javobini bergan va futbolchisi ortidan ko'proq summa ishlab olishni istayotganini malum qilgan. Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Ekitikening o'zi "Liverpul"ga ijobiy javob bergan va shaxsiy shartnoma borasida muammo bo'lmaydi.
Ekitike o'tgan mavsum Bundesliganing 33 o'yinida 15 gol va 8 assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar