Iroqlik futbolchi muxlislar bilan xayrlashdi va Toshkent tomon yo'lga chiqdi
17 iyu 20:13
Yangiliklar
Iroqlik futbolchi muxlislar bilan xayrlashdi va Toshkent tomon yo'lga chiqdi
"Paxtakor" jamoasi selekciya ishlarida faollikni davom ettirmoqda.
Klub tez orada iroqlik futbolchi Zaid Tahsin bilan shartnoma imzolaydi. Futbolchi bugun "Eyr Fors" jamoasi va muxlislari bilan xayrlashuv maktubini yozdi.
"Barchangizga hammasi uchun rahmat aytmoqchiman. "Eyr Fors" va uning muxlislari doim qalbimda qoladi. Bugun klub bilan shartnomam yakunlanganini aytmoqchiman. Tez orada faoliyatimga oid yangilikni elon qilaman",- deydi Zaid Tahsin.
To'p tepar Toshkent tomon yo'lga chiqdi va tez orada yurtimizda bo'ladi. Avvalroq "Paxtakor" iroqlik himoyachi bilan kelishuvga erishganini malum qilgan edik.
"Paxtakor" yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi
"Paxtakor" yirik agentlik mijozi bo'lgan iroqlik futbolchiga ko'z tikdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar