"Dinamo" Belarusga yo'l oldi
14 iyu 11:41
Yangiliklar


"Dinamo" Belarusga yo'l oldi
"Dinamo" jamoasi bugun, 14 iyuldan mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlaydi.
Jamoa dushanba tongida Toshkentdan Minsk shahriga jo'nab ketdi. Vadim Abramov shogirdlari yozgi tanaffusda Belarus poytaxti Minsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.
Samarqand jamoasi xorij yig'ini doirasida 4 ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi ko'zlangan. Raqib jamoalar va nazorat o'yinlari sanasi haqida keyinroq malumot beriladi. "Dinamo" 12 kunlik yig'indan 26 iyul kuni qaytadi.
Malumot uchun, "Dinam" Superliga 2-davrasining dastlabki o'yinida 2 avgust kuni Samarqandda "Navbahor"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar