So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 0:0 (матнли трансляция)  1 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  4 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  10 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Ro'ziqul Berdiev: “Ishtiyoq evaziga g'alabaga erishdik” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Ishtiyoq evaziga g'alabaga erishdik”

Superliga 18-turidan o'rin olgan “Nasaf” – “Qo'qon-1912” bahsidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

Ro'ziqul Berdiev: Natija uchun o'ynadik, bu biz uchun juda muhim edi. G'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. To'g'ri, tezkor o'yin bo'lmadi, ob-havoni ham ko'rib turibsizlar. Himoyada bexato harakat qildik va ko'proq vaziyatlarga ega bo'ldik. Tartibli va natija uchun harakat qilganimiz evaziga g'alaba qozondik. Tarkib jihatidan “Qo'qon-1912” jamoasi bizdan kuchliroq edi. Lekin kuchli ishtiyoq evaziga zafar quchdik, deb o'ylayman.

Biz besh o'yindirki, g'alaba qozona olmayotgan edik. Holatni futbolchilarimiz ham tushunib turishibdi. Hamma bizdan g'alaba kutayotgan edi. Yigitlarga rahmat, o'zlari ham bir-birlariga ruhan dalda bo'lishdi. Futbolchilarimizda ishtiyoq kuchli, lekin bazan sovuqqonlik etishmayapti. Ammo ishonamanki, mana shunday o'yinlar orqali albatta mahorat ham keladi. Harakatdan va intilishdan to'xtamasligimiz kerak. Keyingi o'yinga ham tayyorlikni bugun kiyinish xonasidan boshladik. 

Amirjon Safarov haqida? Safarov ham sekin asta o'yinlarimizga kirishib  borayapti, unga keyingi o'yinlarda ham ishonishda davom etamiz. Biz hamma o'yinchilarimizga ishonch bildiramiz. Yani, maydonga tushishga imkon beramiz. Safarovning bugungi o'yini yaxshi chiqdi. Bunga o'zlaringiz ham guvox bo'ldilaringiz.

Azizjon G'anievni maydonga tushirmayotganimizga asosiy sabab, uni jarohatini yangilab olishidan xavotirdamiz. U nafaqat jamoamizga balki terma jamoamizga ham kerak, oldimizda terma jamoamizni Osiyo o'yinlari kutib turibdi. Nasib etsa, G'anievning yordami hali bizga ko'p asqotadi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика