So’nggi yangiliklar

08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  5 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  4 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  1 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  11 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  7 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  15 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  3 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  20 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  1 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  24 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  2 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  22

Ro'ziqul Berdiev: "Biz qilgan o'zgarishlar va yigitlardagi ishonch g'alaba qozonishimizga asosiy sabab bo'ldi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Biz qilgan o'zgarishlar va yigitlardagi ishonch g'alaba qozonishimizga asosiy sabab bo'ldi"

OCHL-2 doirasida “SHabab Al-Ahli”ga qarshi ikkinchi tur o'yinidan so'ng Ro'ziqul Berdiev va o'yinning eng yaxshi o'yinchisi Zoran Marushich matbuot anjumanida qatnashdi.

Ro'ziqul Berdievning o'yin haqidagi fikrlari:

- Bugungi g'alaba bilan barchani tabriklayman. G'alabaga munosib o'yin ko'rsatdik. Birinchi bo'lim hayajon sabab ustunlikni boy berdik. Oxirida o'yinni ham hisobni ham qaytarib oldik. Bizga uch ochko juda zarur edi. Biz bunga erishdik. Endi yigitlarga ozgina dam beramiz.

  Zoran Marushichning o'yin haqidagi fikrlari:

- Bugun yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik. Raqib tarkibida kuchli futbolchilar bor. Biroq, biz o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rganimiz uchun g'alaba qozonishni uddaladik. 

- Bugun nafaqat g'alaba, balki o'yin ham muxlislarni xursand qildi. Uchrashuvdan oldin raqib tarkibida kuchli futbolchilar borligidan ko'pchilik xavotirga tushgandi. O'zingiz g'alaba qozonishni kutganmidingiz?

G'alabani albatta o'ylagandik. Raqibning tarkibi kuchliligi oydin edi. Ular tarkibida juda ko'p legionerlar bor. Biz raqibning eng kuchli tarkibiga qarshi tayyorgarlik ko'rgandik. Ikkinchi bo'limdagi o'zgartirishlar va yigitlardagi ishonch g'alabaga asosiy omil bo'lib xizmat qildi. Biz qilgan sxemadagi o'zgartirishlar g'alabaga olib keldi. Yigitlar raqibga ikkinchi bo'lim umuman imkoniyat berishmadi. Biz har doim shu kabi o'yin uslubini ulardan talab qilamiz. Yuqori bosim qilishimiz kerak edi, ikkinchi bo'limda bu yaxshi amalga oshirildi.

- Birinchi bo'limda G'olib G'aybullaev raqib futbolchilaridan biroz ortda qolib ketayotgandek tuyilgandi. Biz sizdan uni o'zgartirishni kutgandik, lekin siz Golbanni almashtirdingiz. Buni qanday izohlaysiz?

To'g'risi, ikkala o'yinchi ham o'yinga to'liq tayyor emasdi. Ular oxirgi uchrashuvlarda to'liq o'ynashgan va shu bois biroz charchoq alomatlari bor edi. Aynan shu sababli birinchi bo'limda markazni biroz boy berdik. Ikkinchi bo'limda ko'p o'zgarishlar qilish kerakligi oydin edi. Biz har bir o'yinchimizga ishonamiz.  O'ylaymanki, biz qilgan o'zgarishlar o'zini oqladi. 

- "SHabab Al Ahli" jamoasi tarkibini uchrashuvdan avval juda kuchli ekanini takidlab o'tgandingiz. Bugun shunday raqibga qarshi g'alaba qozondingiz. Guruhdagi eng kuchli raqibni mag'lub etdingiz. Guruhdagi boshqa o'yinlar osonroq kechadi degan fikrdamisiz?

Yo'q. Birinchi o'yinda ko'rdingiz. Guruhimizdagi barcha jamoalar o'z chempionatlarining etakchilari. Mamlakat chempionlari bilan hech qachon oson o'yin bo'lmaydi. SHu sababli har bir o'yinga 100% kuch bilan tayyorlanish kerak. Har bir o'yinga shunday yondoshishimiz shart. O'shandagina maqsadimizga etishimiz mumkin. 

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика